Top.Mail.Ru

Mikrokreditbank ustav kapitali 400,0 mlrd so’mga ortdi

bank ustav kapitali qoʻshimcha 400,0 mlrd. so’mga ortdi.

Mikrokreditbank ustav kapitali 400,0 mlrd so’mga ortdi

Mikrokreditbank Oʻzbekiston moliya bozorida oʻz mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida 2021-yilda koʻrsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarishda innovatsion yangilanishlarni jadallik bilan olib bormoqda. 

Ushbu oʻzgarishlar samarasi Mikrokreditbank ustav kapitali oʻsishida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2021 yil 27 martdagi PQ-5041-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitalini oshirish uchun qo’shimcha mablag’ yo’naltirildi.
 
Jumladan, bank ustav kapitali qoʻshimcha 400,0 mlrd. so’mga ortdi. Natijada bank ustav kapitali miqdori 1 641 728 456 172 soʼmdan 2 041 728 455 952 soʼmga yetkazildi.

19:13 • 29 June, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish