Top.Mail.Ru

Mikrokredit tashkilotlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qonunchilik talablariga mosligi o‘rganildi

Markaziy bankning Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tomonidan bir qator mikrokredit tashkilotlarida moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda ular faoliyatiga qo‘yilgan minimal talablarga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida ayrim mikrokredit tashkilotlar faoliyatida bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi, shu jumladan:

berilgan mikroqarzlar bo‘yicha to‘lov jadvalida bir yilda hisoblangan foizlar miqdori olingan qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etganligi;

amalga oshirilgan to‘lovlar o‘z vaqtida hisobga olinmaganligi natijasida qarz oluvchilarga ortiqcha foizlar hisoblanganligi;

bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshgan miqdordagi kreditlar (mikroqarzlar) ajratilishida jismoniy shaxslarning qarz yuki ko‘rsatkichlari belgilangan meʼyordan oshib ketganligi kabi kamchiliklar aniqlandi.

Shuningdek, mikroqarzlarga amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan kunlik meʼyordan ortiq stavkada foizlar hisoblanganligi maʼlum bo‘ldi.

Barcha mikrokredit tashkilotlariga faoliyatlarida bu kabi kamchiliklar mavjudligini aniqlash, ularni bartaraf etish va takrorlanmaslik choralarini ko‘rish yuzasidan Markaziy bankning tegishli ko‘rsatmalari berildi.

Markaziy bank kelgusida nobank kredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilariga xizmat ko‘rsatilishida qonun talablariga qatʼiy rioya qilinmagan, shu jumladan, isteʼmolchilarning moliyaviy savodxonlik darajasi pastligidan foydalanib, ularga kreditlar ajratilishida kredit shartnomasi shartlariga qarz yukini oshiruvchi hamda isteʼmolchilarning huquqlarini buzuvchi va qonuniy manfaatlariga zid keluvchi bandlar kiritilgan taqdirda belgilangan tartibda taʼsirchan choralar ko‘rishini maʼlum qiladi.

13:16 • 25 June, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish