Top.Mail.Ru
15-March, 15:46 |  1,375

Mablag’larni qisman yechish imkoniyatiga ega omonatlar.

Omonatga pul qo’ysam: “Shoshilinch pul kerak bo’lib qolsa-chi”, “qaytarib olsam foizi kuyadi” - deb ikkilanayapsizmi? Unda pulingizni mablag’larni qisman yechish imkoniyatiga ega omonatga qo’ying.

Mablag’larni qisman yechish imkoniyatiga ega omonatlar.

Bu turdagi omonatlar bo’yicha omonatchi istalgan vaqtda foizlarni yo’qotmagan holda mablag’larni qisman yechish imkoniyatiga ega bo’lib, bunda faqatgina omonat shartnomasida belgilangan minimal summadan kam bo’lmagan miqdorda mab’lag’ omonat hisob raqamida saqlab qolinishi shart. Qolganini esa hech qanday cheklovlarsiz yechib olishingiz mumkin. Bunda foizlar kuymaydi.

Quyida mablag’larni qisman yechish imkoniyatiga ega eng yaxshi uchta omonat shartlarini keltirib o’tamiz:

“Anor Bank”dan "Smart 2.0" omonati:

  • Yillik foiz: 23%gacha;
  • Minimal summa: 100 ming so’m;
  • Muddat: 13 oygacha.

“Tenge Bank”dan “Qulay onlayn” omonati:

  • Yillik foiz: 23%;
  • Minimal summa: 1000 so’m;
  • Muddat: 13 oy.

“Davrbank”dan “Sharqona” omonati:

  • Yillik foiz: 22%;
  • Minimal summa: 500 ming so’m;
  • Muddat: 13 oy.

Mablag’larni qisman yechish mumkin bo’lgan omonatlarning barcha shartlari bilan tanishish uchun Omonatlar sahifasiga o'ting va qo'shimcha shartlar qismida "mablag’larni qisman yechish" belgisini tanlab, o’zingiz uchun eng foydali omonatni saralashingiz mumkin.

 

 Teglar

Omonatlar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish