Joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar respublikada koronovirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib karantin cheklovlari kuchaytirildi.
Joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar respublikada koronovirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib karantin cheklovlari kuchaytirildi.
Koronovirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarini oldini olish maqsadida, tijorat banklari binolariga tashrifingizni kamaytirishni hamda barcha tijorat banklari xizmatlaridan depozit.uz sayti orqali foydalanishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Depozit.uz sayti tijorat banklari bilan hamkorlikda barcha moliyaviy xizmatlarni bir joyga jamlagan. Saytimizda Siz banklarning omonatlari, isteʼmol, ipoteka, overdraft va avtokreditlar shartlari hamda bank plastik kartalari haqida batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Shuningdek, uydan chiqmagan holda saytning “To‘lovlar” bo‘limidan foydalanib barcha to‘lovlaringizni onlayn tarzda amalga oshirishingizni tavsiya etamiz.
O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo‘lmang va aholi gavjum joylarga tashrif buyurishdan saqlaning.