Top.Mail.Ru

Ipotekaga subsidiyalar olish uchun arizalar qabul qilinishi boshlandi.

Arizalar qabul qilinishi 1 iyundan boshlanadi va yil davomida qabul qilinadi.

Ipotekaga subsidiyalar olish uchun arizalar qabul qilinishi boshlandi.

Spot.uz saytining ma'lumotlariga ko'ra, arizalar qabul qilinishi 1 iyundan boshlanadi va yil davomida qabul qilinadi.

Qanday subsidiya?

Subsidiya — bu kvartira sotib olganda boshlang’ich to’lovning bir qismi uchun moddiy yordam. Uning miqdori uyning taxminiy narxidan 10%.

U faqat kvartiraning parametrlaridan kelib chiqgan holda hisoblanadi. Subsidiyaga ariza berish uchun uyning narxi va maydoni belgilangan o’lchovlardan oshmasligi kerak. Toshkent shahri uchun:

  • Maydon darajasi — 70 kv.m.
  • 1 kv.m. uchun narxi — 5,7 mln so’m
  • Hisob-kitob narxi — 399 mln so’m
  • Ipoteka kreditining miqdori — 339,1 mln so’m (85%)
  • Boshlang’ich to’lovning narxi — 59,8 mln so’m (15%)
  • Subsidiyaning miqdori — 39,9 mln so’m (10%)

Boshqa shahar va hudular uchun narxlar farqlanishi mumkin.

Kim subsidiya olishi mumkin?

Kam daromadli va yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo’lganlar. Ular ijtimoiy mezonlarga muvofiq, ballar orqali baholanadi. Subsidiya olish uchun kamida 30 ball to’plash lozim. Ballar quyidagi ko’rsatkichlar asosida hisoblanadi:

I. Ariza beruvchining va (yoki) uning oilasining daromadi (eng kam ish haqi asosida — MHTEKM, bugungi kunda 747 300 so’mni tashkil etadi)

Qishloq hududlarida*

3,8 dan 4,5 gacha – 10 ball
4,6 dan 5,2 gacha – 6 ball
5,3 dan 5,8 gacha – 2 ball

Shaharlarda

4 dan 5 gacha – 10 ball
5,1 до 6 gacha – 6 ball
6,1 до 6,5 gacha – 2 ball

Toshkentda

4,5 dan 6 gacha – 10 ball
6,1 dan 7,5 gacha – 6 ball
7,6 dan 9 gacha – 2 ball

*O'rtacha oylik daromadi:

  • Qishloq joylarda — MHTEKMning 3,8 baravaridan kam va 5,8 baravaridan ko’p;
  • Shaharlarda — 4 baravaridan kam va 6,5 baravaridan ko’p;
  • Toshkent shahrida — 4,5 baravaridan kam va 9,0 baravaridan ko’p bo’lgan oilalarga subsidiya ajratilmaydi.

II. Yashash sharoitining holati**

Ijara – 20 ball
Uy egasining ruxsati bilan bepul – 20 ball

**To'liq o’z mulkida uy-joyga ega bo’lgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.

III. Ijtimoiy himoyani yaxshilashga muhtoj shaxslar

“Labor-migration” dasturida ro’yxatdan o’tgan mehnat migrant – 10 ball
Yetim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar – 10 ball
Alohida namuna ko’rsatayotgan yosh oilalar – 10 ball
Og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar*** – 10 ball
Yagona (yolg'iz) boquvchiga ega bo’lgan oila (erkak yoki ayol) – 10 ball
Boshqalar – 0 ball

***Ular IV bo’limda ballarni talab qila olmaydilar va aksincha.

IV. Oilada quyidagi shaxslarning mavjudligi****

Birinchi guruh nogironligi bo’lgan shaxs – 10 ball
Surunkali kasallikning og’ir turlaridan azob chekuvchi – 10 ball
Og’ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan – 10 ball

****Ballar faqat bitta mezon asosida beriladi.

Subsidiyani qanday olish mumkin?

Subsidiyani olish uchun ariza beruvchi shaxsan Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qilishi lozim.
Shaxsiy murojaat taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchining nomidan anketani to’ldiradi, YIDXP orqali esa shaxs mustaqil ravishda ariza shaklini elektron shaklda to’ldirishi va tegishli hujjatlarni yuklashi kerak.
Oila a’zolari mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditini subsidiyalashga murojaat qilishlari mumkin.
DXM va YIDXP orqali murojaat etuvchilarga xizmatlar bepul taqdim etiladi.
O’tgan yil hujjatlarni topshirish muddati cheklangan (1 martdan 1 oktyabrgacha) edi, ammo bu yil 1 iyundan boshlab yil davomida arizalar qabul qilinadi.
Bu yil, shuningdek, yaqin qarindoshlarning, agar ular alohida yashasa ham, daromadlarini hisobga olishga ruxsat berildi.
O’tgan yili ariza beruvchining talablari 10 ish kuni ichida tekshirilgan bo’lsa, bu yil 1 iyundan boshlab jarayon avtomatlashtirilib, yetti kunga qisqartiriladi.
Subsidiya to’lanadigan fuqarolarni tanlash bo’yicha komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar, shuningdek ijtimoiy mezonlarga muvofiq baholash natijalari asosida qaror berish yoki rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi.

Taqdim etilgan subsidiyalar bitta oilaga (oila a’zolaridan biriga) faqat bir marta beriladi. Batafsil ma’lumotni farmonning o’zida topish mumkin.

20:19 • 13 March, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish