Ekspertga savol rukni
Savolga O’zbekiston Ipotekani Qaytamoliyalashtirish Kompaniyasi mutaxassisi Akiljan Chirchikbaev javob beradi:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5886-sonli Farmoniga asosan, kam ta’minlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga birlamchi bozordan ipoteka kreditlarini olish bo’yicha subsidiyalar (imtiyozlar) quyidagi tartibda to’lanadi:
- Qishloq joylarda — birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun — 10 foizlik punktdan oshgan qismiga (Agar kredit stavkasi 18% bo’lsa subsidiya miqdori 8%ga teng bo’ladi);
- Shaharlarda — boshlang’ich badalning 10 foizi miqdorida va birinchi besh yil davomida kredit bo‘yicha foizlarni qoplash uchun - Toshkent shahrida 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.
Subsidiyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.