Top.Mail.Ru

“Ipak yo‘li banki” Kuzatuv kengashi a‘zosi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi

"Ipak Yo‘li" aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki Bank Kuzatuv kengashi a‘zosi Ubaydullaev Ulug‘bek O‘tkurovichning vakolatlari muddatidan oldin tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

“Ipak yo‘li banki” Kuzatuv kengashi a‘zosi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi

Bu haqda Yagona korporativ axborot portalida bankning moliyaviy hisoboti eʼlon qilingan.

Xususan hujjatga ko‘ra, 2021 yil 6 oylik 110 mlrd so‘mlik joriy foydaning bir qismi bankning umumiy maqsadli rezerv fondini shakllantirishga taqsimlanganligi qayd etilgan.

Shuningdek, 2021 yil yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan bank aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishidan oldin Bank Kuzatuv kengashining hozirgi tarkibiga Naila Sodiqova Abdullaevnaning nomzodi tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan kundan boshlab Bank Kuzatuv kengashi a‘zosining lavozimiga tasdiqlanishi belgilandi.

10:40 • 06 October, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish