Top.Mail.Ru

Internet tarmog‘ida O‘zbekistonning eng ko‘p tilga olingan banklarining reytingi e‘lon qilindi

Internet tarmog‘ida O‘zbekistonning eng ko‘p tilga olingan banklarining reytingi e‘lon qilindi

Internet tarmog‘ida O‘zbekistonning eng ko‘p tilga olingan banklarining reytingi e‘lon qilindi

"Ledokol Group" tahliliy departamenti 2021 yilning dastlabki to‘rt oyida ijtimoiy tarmoqlar va internet OAVda O‘zbekistondagi eng ko‘p muhokama qilingan banklar reytingini tayyorladi.
Reytingda internetdagi o‘zbek segmenti va onlayn OAVda O‘zbekistondagi 32 ta banklarning tilga olinishi tahlil qilindi. Ijtimoiy tarmoqdagi mashhurlik  har bir bankning insonlar uchun ahamiyati, ishonchlilik darajasi, ommaga tanilgani va obro‘ darajasini ko‘rsatadi.
Katta va mashhur banklar: ijtimoiy tarmoqlarda bankning mashhurligi uning miqyosiga qay darajada bog‘liq?
Aktivlarining hajmi bo‘yicha 10 ta eng yirik bankdan atigi 6 tasi ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurligi bo‘yicha 10 talik reytingga kirdi.
Aktivlari bo‘yicha eng yirik bo‘lgan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki reytingda 3-o‘rinni, Sanoat qurilish banki 8-o‘rinni egalladi. Asaka bank 10 talik reytingga kirmadi.
Davlat ishtirokidagi banklar - Xalq banki, Agrobank va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki reyting yetakchilari bo‘lishdi. Bu ulardagi aktivlarning davlat dasturlarida ishtirok etishi, keng filiallar tarmog‘iga egaligi va ayrim hollarda tizimli faoliyat yuritishi bilan izohlanadi (Xalq banki pensiyalar tarqatish sohasida).
Shuningdek, bir necha xususiy banklar - Hamkorbank, Kapital bank, Oriyent Finans bank, Tenge bank ham reytingning o‘ntaligiga kirgan. Tijorat banklari B2C sektoriga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.
Oylar bo‘yicha 10 ta mashhur bankka bo‘lgan qiziqish dinamikasi
Ushbu davrda Xalq banki (1-pozitsiya), Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (3- pozitsiya), Agrobank (2- pozitsiya), Oriyent Finans banki (7- pozitsiya)ga qiziqish tobora ko‘pligi ajralib turdi.
Fevral oyida Xalq bankiga jamoatchilik eʼtibori oshgan. Masalan, bu oyda Markaziy bank 15 ta bank filiallari, jumladan, Xalq bankiga nisbatan jarima sanksiyalarining qo‘llanishini eʼlon qilgan. 26 fevralda Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlar muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha video selektr yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  
Unda Xalq banki orqali xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun 2 trln. so‘m yo‘naltirilishi maʼlum qilindi. Bankning Andijon va Toshkentdagi xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bilan bog‘liq 2 ta shov-shuvli yangilik tarqaldi. Umuman olganda, fevral oyida jamoatchilikning Xalq bankiga bo‘lgan qiziqishi “-” belgisi ostida kechdi.
Agrobankning eng mashhurlik darajasi mart va aprel oylariga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda bank o‘zining ilk xizmat ko‘rsatish ofisini eʼlon qildi. Bundan tashqari, Andijon va Marg‘ilondagi bank xodimlari tomonidan mablag‘larning talon-toroj qilinishi va soxta kreditlar rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq ikkita holat maʼlum bo‘ldi.
Milliy bank fevral va mart oylarida ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p tilga olindi. Fevral oyida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va baʼzi OAV 1999 yil 16 fevralda Toshkentda yuz bergan teraktni eslashdi. Mart oyida davlat byudjetidan, qator banklar, jumladan, Milliy bankdan xizmat ko‘rsatish sohasiga 500 mln. AQSH dollari ajratilishi eʼlon qilindi.
Oriyent Finans bank to‘g‘risida mart oyida ko‘p yozilgan. Bu vaqtda bank o‘z faoliyatidan tashqari Butunjahon pul haftaligi doirasida tanlov o‘tkazdi. Tanlov to‘g‘risidagi maʼlumotlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keng tarqatildi.
Banklar to‘g‘risida qayerda ko‘proq yozishadi?
Eslatmalarning yarmidan ko‘pi (65%) ijtimoiy tarmoqlarda berib borilgan. Telegram kanallarda 16% va onlayn OAV da 19% maʼlumotlar berilgan.
O‘zbekistondagi eng ko‘p muhokama qilinadigan bank mahsulotlari
Mahsulotlarni tahlil qilish uchun banklarga taklif etiladigan bir nechta asosiy xizmatlardan foydalanildi:
•    Kreditlar (ipoteka va avtokreditlar bundan mustasno)
•    Ipoteka krediti berish
•    Avtokreditlar
•    Bank omonatlari
•    Kartalar
•    Banklarning mobil ilovalari
Eng ko‘p eslatmalar kreditlar bo‘yicha bo‘lgan. To‘lov kartalari va bank mobil ilovalari eslatmalarning qariyb yarmini tashkil qiladi. Ipoteka kreditlari, avtokreditlar va omonatlar OAV da eng kam tilga olingan.
O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha muhokamalar
Eslatmalarning 81% Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, Buxoro, Samarqand Farg‘ona vodiysining uchta shahri (Farg‘ona, Namangan, Andijon) hamda Urganch ham yetakchilar qatoriga kirgan. Qolgan viloyatlar jami eslatmalarning 4 foizini tashkil qiladi.
Tadqiqot qanday o‘tkazildi
Reyting tuzishda internet tarmog‘idagi o‘zbek segmentida banklarning tilga olinishi tahlil qilindi. Manbalar orasida (Facebook, Instagram, Odnoklassniki, VKontakte, TikTok, Twitter, Youtube), bloglar, forumlar, fikr-mulohazalar saytlari, ommaviy Telegram kanallari, onlayn OAV va boshqa resurslar bor.
Eslatmalarni to‘plash va tahlil qilish internet tarmog‘ida ularni 24/7 rejimida yig‘ib boradigan avtomatlashgan monitoring tizimi yordamida amalga oshirildi.

 

15:02 • 21 May, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish