banklar va to‘lov tashkilotlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish jarayonida mijozlarni masofaviy biometrik identifikatsiya qilish tizimini joriy qilish
Yaqindagina depozit.uz sayti jamoasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki To‘lov tizimlari departamenti direktori o‘rinbosari Shuxrat Fayzullayev bilan o‘tkazgan suhbat jarayonida banklar va to‘lov tashkilotlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish jarayonida mijozlarni masofaviy biometrik identifikatsiya qilish tizimini joriy qilish va masofaviy moliyaviy xizmatlar ko‘lamining kengayishiga ko‘maklashish borasida meʼyoriy hujjat ishlab chiqilayotgani va bu masala yaqin kunlarda hal etilishiga alohida to‘xtalib o‘tilgan edi.
Bu hujjat tayyorlanib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilibti. Bemalol ushbu loyiha muhokamasida ishtirok etib, o‘z fikr-mulohaza va takliflaringizni qoldirishingiz mumkin.
Yangiliklar bilan depozit.uz sayti orqali tanishib boring