Top.Mail.Ru

Firibgarlardan o‘zingiz va moddiy boyliklaringizni asrang!

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, 21 iyul kuni F.Q. (baʼzi sabablarga ko‘ra shaxsi sir saqlangan) IIB ga ariza bilan murojaat qilgan. Arizaga ko‘ra, 2018 yilning fevral oyida nomaʼlum shaxs, ishonchiga kirib tegishli bankka 4000 AQSH dollarini omonatga qo‘yib berishga vaʼda qilib, aldov yo‘li bilan ushbu pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat sodir etgan S.M. ishi yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli obunachilar, turli aldovlarga ishonib o‘z mablag‘laringizni begona shaxslar qo‘liga topshirmang.  Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Tijorat banklaridagi omonatlar bo‘yicha ishonchli va batafsil maʼlumotlarni depozit.uz saytining “Omonatlar” sahifasidan topishingiz mumkin.

13:24 • 29 July, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish