Top.Mail.Ru

Eng yuqori foizlik omonatlar

Anorbank omonatlari bugungi kunda O‘zbekistonda bank omonatlarining yangi bosqichini ochib berdi.

Eng yuqori foizlik omonatlar

O‘zbek xalqi azal-azaldan qiz uzatish, o‘g‘il uylantirish, uy-joy qurish yoki avtomobil xarid qilish maqsadida o‘z pul mablag‘larini ko‘paytirish yo‘llarini izlaydi. Chunki, naqd pulni tejash va uni ko‘paytirish kelajakda moliyaviy barqarorlikni taʼminlashga zamin yaratadi. Ushbu maqsadga erishishning eng ommabop va amalda tasdiqlangan usullaridan biri bu bank omonatlaridan foydalanishdir.

Anorbank omonatlari bugungi kunda O‘zbekistonda bank omonatlarining yangi bosqichini ochib berdi. 

Bankning “Smart 2.0” omonati — mablag‘laringizni qulay boshqarish, istalgan vaqtda mablag‘ni to‘ldirish va yechib olish imkoniyatini berish bilan birga, foizlari har oyda to‘lab beriladi. Shuningdek, kechayu-kunduz qo‘llab-quvvatlash xizmati ham mavjud.

 “Smart 2.0” omonati shartlari:

- Yillik 23%;

- Muddati: 13 oy;

- Ochish uchun minimal miqdor - 100 000 so‘m;

- Omonatdagi mablag‘larni to‘ldirish va qisman yechib olish mumkin;

- Kechayu-kunduz faoliyat yurituvchi aloqa markazi mutaxassislari xizmatidan foydalanish;

- Foizlar har oyda to‘lab beriladi.

Tijorat banklari orasida Anorbankning yangi yana bir yuqori foizlik “Shoshilmasdan 2.0” omonati bilan Siz yirik xaridlar uchun mablag‘ jamg‘arishingiz mumkin. Omonatning eng yuqori o‘sish darajasi 27 foizgacha.

“Shoshilmasdan 2.0” omonati shartlari:⠀

- Foiz stavkasi 27% gacha:

1-3 oy - 19% yillik;

4-6 oy - 22% yillik;

7-9 oy - 24% yillik;

10 oydan boshlab, omonatning muddati tugagunga qadar yillik 27%.

- Muddati: 370 kun;

- Omonatni ochish uchun minimal mablag‘ — 100 000 so‘m;

- Dastlabki 3 oy ichida mablag‘ qo‘shib borish mumkin.

Omonat ochish uchun www.anorbank.uz veb-sayti yoki 1290 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Depozit.uz Sizga eng aʼlosini tavsiya etadi!

12:29 • 03 July, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish