Yodingizda bo‘lsa, 2021 yil 1 iyun kuni Toshkent shahrida “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki,
Yodingizda bo‘lsa, 2021 yil 1 iyun kuni Toshkent shahrida “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat vazirligining O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi ko‘magida “Banklar va chakana savdo. Raqamli transformatsiya va o‘zaro aloqalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro PLAS-forum bo‘lib o‘tishi va Depozit.uz moliyaviy sayti PLAS-Forumning axborot hamkori ekanligi haqida maʼlum qilgan edik.
Forum spikerlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov, Markaziy Osiyodagi Mastercard bosh direktori Rafal Trepka, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining To‘lov tizimlari departamenti direktori o‘rinbosari Shuhrat Fayzullayev, “Tinkoff” bankning MDH orqali transchegaraviy o‘tkazmalar yo‘nalishi rahbari Mixail Shashilov, hamkor – KPMGning O‘zbekistondagi konsalting bo‘limi boshlig‘i Farruh Abdullaxonov va boshqalar chiqish qiladilar.