Kreditlash boshlandi
Foydalanuvchilarimiz tomonidan “avtokredit, mikroqarz yoki ipoteka kreditlarini qanday va qaysi bankdan olsam bo’ladi?” degan ko’plab savollar beriladi.
2020 yil davomida aksariyat banklar resurs taqchilligi muammosi sababli kreditlashni vaqtinchalik to’xtatdi. Banklar saytlari va kanallarida “kreditlar mavjud, shartlari quyidagicha…” mazmunidagi xabarlar bo’lsada amalda foydalanuvchilarimiz tomonidan kredit olish aksariyat hollarda imkonsiz bo’ldi.
Joriy yil boshidan banklarga o’rnatilgan cheklovlar kuchini yo’qotganligi sababli banklar asta-sekin kreditlashni jonlantira boshlashdi.
Foydalanuvchilarimizga qulaylik yaratish maqsadida, bugungi kunda qaysi banklar haqiqatda/amalda qanday kredit berayotganligini o’rganib chiqdik. Ma’lumotlar bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin.
Aloqabank – mikroqarzlar, onlayn mikroqarzlar, avtokreditlar, ipoteka kreditlari, ta’lim kreditlari, overdraft, iste’mol kreditlari
Asaka Bank – onlayn overdaft krediti.
Asia Alliance Bank – avtokreditlar, iste’mol kreditlari, mikroqarzlar, overdraft.
Davr Bank – mikroqarzlar, onlayn mikroqarzlar, avtokreditlar, ipoteka kreditlari, kredit kartasi.
Hamkorbank – avtokreditlar, iste’mol kreditlari, mikroqarzlar, ipoteka kreditlari.
Infin Bank – mikroqarzlar, iste’mol kreditlari, avtokreditlar, ipoteka kreditlari, kredit kartasi.
Ipay Yo’li Bank – avtokreditlar, iste’mol kreditlari, mikroqarzlar, onlayn mikroqarzlar, ipoteka kreditlari, ta’lim kreditlari.
Ipoteka Bank – avtokreditlar, iste’mol kreditlari, mikroqarzlar, ipoteka kreditlari, ta’lim kreditlari.
Orient Finans Bank – mikroqarzlar, onlayn mikroqarzlar, avtokreditlar, ipoteka kreditlari, iste’mol kreditlari.
Poytaxt Bank – mikroqarzlar.
Qishloq Qurilish Bank – mikroqarzlar, ipoteka kreditlari, overdraft.
Sanoat Qurilish Bank – onlayn mikroqarzlar (Joyda), bo’lib to’lash (Joyda), ipoteka kreditlari.
Savdogar Bank – mikroqarzlar (plastik kartaga).
Tenge Bank – avtokreditlar va ipoteka kreditlari (Toshkent va Farg'ona filiallari orqali ajratilmoqda).
Kreditlar bo'yicha batafsil ma'lumotlarni quyidagi sahifalarda ko'rishingiz mumkin: Avtokreditlar, iste’mol kreditlari, mikroqarzlar, ipoteka kreditlari, overdraft, kredit kartasi, ta’lim kreditlari.