29 Jun 2021 |  2,525

Bank mijozlarining maʼlumotlari prokuratura organlariga avtomatlashtirilgan tarzda taqdim etiladi

“Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan tegishli o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda prokuratura organlari, dastlabki tergov, surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini olib boruvchi organlar, o‘zlarining ishlarida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv jarayonlari bo‘yicha bank hisobvaraqlari mavjudligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni Markaziy bankning maʼlumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan ravishda olishlariga ruxsat berildi.

Shu bilan birga, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar faqat prokuror sanksiyasi bo‘lgan taqdirdagina tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi hamda tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror asosida taqdim etiladi.

Shuningdek, Qonunning 5-moddasi (Bank sirining oshkor qilinishi) 2-qismi ham to‘ldirildi. To‘ldirilgan tegishli o‘zgartirishga ko‘ra, prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, shuningdek xorijiy davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasida qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar almashinuvi bank sirini oshkor qilish deb hisoblanmaydi.

Mazkur meʼyor jinoyat sodir etilishining oldini olish va aniqlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ushbu tartib dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida mavjud bo‘lib, faqat jinoyatchi yoki jinoyatda gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

 Teglar

Banklar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish