Shu kunlarda Toshkent shahrida Islom Taraqqiyot Banki Boshqaruv Kengashining 46 yillik anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Shu kunlarda Toshkent shahrida Islom Taraqqiyot Banki Boshqaruv Kengashining 46 yillik anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
ITB bilan hamkorlikda mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar alohida ahamiyatga ega. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq 100 dan ortiq loyihalarni amalga oshirishda xayrihohlik bildirayotganini taʼkidlash zarur.
Guruhning O‘zbekiston Bank sektori bilan hamkorligi natijasida tadbirkorlar o‘rtasida islomiy moliyalashtirish mahsulotlari keng tarqalmoqda.
“Agrobank” ATB ham ICD (Islamic Corporation for Development) va ITFC (Islamic Trade Finance Corporation) bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Hamkorlik davrida Agrobank islomiy bankchilikning tamoyillariga asoslangan 50 ga yaqin loyihalarni moliyalashtirdi va ushbu moliyalashtirishga bo‘lgan talab o‘sishda davom etmoqda.
Joriy yilning 1 sentyabr kuni ITFC savdoni moliyalashtirish va rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan yig‘ilishida Agrobank faoliyati yuqori baholanib, “Kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashda eng faol bank” sifatida eʼtirof etildi.
Agrobank ushbu nufuzli eʼtirofni yuksak baholaydi hamda ITFC ko‘magida tadbirkorlik subyektlari loyihalarni moliyalashni kengaytirishda davom etadi.
Reklama huquqi asosida