Bank Axborot xizmati xabar berishicha, 2021 yil 21 may kuni Moskva shahrida “Agrobank” ATB va “Rosselxozbank” AJ o‘rtasida banklararo hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi Memorandum imzolangan.
Bank Axborot xizmati xabar berishicha, 2021 yil 21 may kuni Moskva shahrida “Agrobank” ATB va “Rosselxozbank” AJ o‘rtasida banklararo hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi Memorandum imzolangan. Mazkur Memorandum O‘zbekiston Respublikasi va Rossiyaning qishloq xo‘jaligini moliyalashtiruvchi yirik banklari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik aloqalarini rivojlanishiga ko‘mak beradi.
Maʼlumki, Bank masʼullari ishtirokida “Fermerlar maktabi”, “Raqamli ekotizim” va “Agrosanoat majmuasining eksport qilishini qo‘llab-quvvatlash” yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashishga qaratilgan masofadan turkum tadbirlar o‘tkazilgan.
Memorandum “Rosselxozbank” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Kirill Levin va “Agrobank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Erkin Kaxorov tomonidan imzolandi.
Shuningdek, muzokaralar davomida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, eksport va importni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirishda bank xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy ekotizimlarini tadbiq etish yuzasidan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, tashqi savdoni moliyalashtirish, Rossiya va O‘zbekiston rezidentlari o‘rtasida pul o‘tkazmalari va operatsiyalar, NTPRo savdo maydonchasi doirasida konversion operatsiyalarini amalga oshirish uchun korrespondentlik aloqalari o‘rnatilganligini mamnuniyat bilan taʼkidlashdi.