Top.Mail.Ru

Depozit.uz "Omonat" jamg'arma hayot sug'urtasini tavsiya qiladi!

Hayot sug’urtasi nima?

Hayot sug’urtasi bu – fuqorolar hayotini turli ko’ngilsiz hodisalardan sug’urta qilish va mablag’larni foyda bilan jamg’arish imkonini beradigan sug’urta mahsulotidir.

Hayot sug’urtasini afzalliklari nimada?

Fuqarolar tomonidan sug’urta qo’yilmalari sifatida rasmiy oylik hisobidan o’tkazilgan mablag’lar 12% miqdoridagi soliqdan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, sug’urta muddati yakunida sug'urta kompaniyasi tomonidan belgilangan miqdorda sug’urta qo’yilmalari miqdoridan bonus to’lab beriladi.
Va albatta, sug’urta polisi turli ko’ngilsiz hodisa yuz bergan taqdirda sug’urta to’lovlari miqdorining 10 barobarigacha sug’urta to’lovini olish imkonini beradi.

Hayot sug’urtasi bo’yicha qanday soliq imtiyozi beriladi?

Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar uzoq muddatga sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotlari to‘lashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad solig‘iga tortilmaydi, O‘zR SK 378-moddasining 15-bandi).

“OMONAT” hayotni uzoq muddatli jamg‘arib borish sug‘urtasi – bu uzoq muddatli sug‘urta qoplamasini ta’minlashga, kelajakdagi moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida sug‘urtalangan shaxsning hayotini sug‘urtalashni va naqd pul jamg‘armalarini yaratishni birlashtirishga qaratilgan yagona dasturdir.

Ushbu sug'urta dasturining daromadliligi yiliga 18% dan ortiq. 

Sug'urta shartnomasining asosiy shartlari: Sug'urta muddati - 370 kun. Sug'urta mukofotini to'lash tartibi - oylik yoki bir martalik. Bonus - har oyda sug'urta badallarini to'laganda umumiy sug'urta mukofotining 4% miqdorida, butun summani bir martalik to'lov bilan amalga oshirganda - umumiy sug'urta mukofotining 7%.

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish