Top.Mail.Ru
28 Jan 2021 |  9,343

Ikkilamchi bozordan uy olish va uy-joyni ta'mirlash uchun ipoteka kreditlari shartlari

O’zbekiston Ipotekani Qayta Moliyalashtirish Kompaniyasi mutaxassislari Depozit.uz foydalanuvchilari tomonidan ipoteka kreditlari bo’yicha eng ko’p beriladigan savollariga javob berdilar.

Ikkilamchi bozordan uy olish va uy-joyni ta'mirlash uchun ipoteka kreditlari shartlari

O’zbekiston Ipotekani Qayta Moliyalashtirish Kompaniyasi mutaxassislari Depozit.uz foydalanuvchilari tomonidan ipoteka kreditlari bo’yicha eng ko’p beriladigan savollariga javob berdilar.

1. Kompaniya mablag’lari hisobidan banklar tomonidan beriladigan ipoteka kreditlarini qulayligi nimadan iborat?
Ipoteka kreditlarining asosiy qulayligi quyidagilardan iborat:
1) Uzoq muddatli - 20 yilgacha (uy-joy ta’mirlash uchun - 10 yilgacha);
2) Tijorat kreditlardan arzonligi - yillik ustama foizi 18%gacha;

2. Ipoteka kreditlarining maskimal summasi qancha?
Bugungi kunda Kompaniya mablag’laridan banklar ikki xil kredit ajratadi:
1) Ipoteka kreditlari maksimal summasi 323 million so’m
2) Uy-joyni ta’mirlash kreditlari maksimal summasi 80 million so’m

3. Ipoteka kreditlari bo’yicha boshlang’ich to’lov qancha?
1) Uy-joy sotib olayotganda uy-joy bahosini 25% ga teng miqdorda
2) Uy-joyni ta’mirlash kreditlari bo’yicha mavjud emas.

4. Ipoteka kreditlarini qaysi banklardan olsa bo’ladi?
Kompaniya  hozirgi kunda quyidagi banklar bilan hamkorlik qiladi:
- Agrobank
- Asaka bank
- Ipoteka bank
- O’zsanoatqurilishbank
- Qishloq Qurilish bank
- Turon bank
- Hamkorbank

5. Qarz oluvchilarga kreditga layoqatlilik bo’yicha talablar qanday? Yoki bu talablar banklar tomonidan o’rnatiladimi?
Kompaniya talablari quyidagilardan iborat:
1) Qarz oluvchi doimiy oylik daromadiga ega bo’lishi lozim;
2) Yoshi eng kami 18 bo’lishi;
3) Sof oilaviy xo’jalik daromadi 10 million so’mdan o’shmasligi;

Tijorat banklar boshqa qo’shimcha talablar qo’yish huquqiga egadirlar.

6. Mazkur ipoteka kreditlari ikkilamchi bozordan (eski) uy sotib olishga ham beriladimi?
Ipoteka kreditlari ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ham ajratiladi.

7. Ipoteka kreditlari uy-joyni ta’mirlashga ham ajratiladimi?
Ipoteka kreditlari uy-joyni ta’mirlashga ham ajratiladi. Bunda, kredit maksimal summasi 80 mln. so’mni va kredit muddati 10 yilni tashkil qiladi.

8. Kompaniya tomonidan boshlang’ich badalni to’lab berilish bo’yicha subsidiya beriladimi?
Kompaniya tomonidan boshlang’ich badalni to’lab berish bo’yicha subsidiya berilmaydi.

9. Hovli joyni ham ushbu kredit hisobiga sotib olishim mumkinmi?
Ha. Kompaniya talablariga ko’ra Respublika hududidagi istalgan turar joy mulki ushbu ipoteka krediti ob’ekti bo’lishi mumkin. Faqatgina mulk ijtimoiy-ekologik talablarga javob berishi shart.

Kompaniya tomonidan beriladigan kredit shartlari oddiy va qulay. Eng muhim jihati, bu kreditlar - Respublikamizning o’rta va past qatlam aholisiga qaratilgan bo’lib, ularga ipoteka kreditlarini olish imkonini yaratish maqsadida tuzilgan. Ipoteka kreditlari faqatgina doimiy yashash uchun uy-joy sotib olishga ajratiladi. 

O’zbekiston Ipotekani Qayta Moliyalashtirish Kompaniyasi to'g'risida batfsil ma'lumotni Kompaniyaning rasmi veb saytida (www.uzmrc.uz) ko'rishingiz mumkin.

Akiljan Chirchikbaev O’zbekiston Ipotekani Qaytamoliyalashtirish Kompaniyasi mutaxassisi

Akiljan Chirchikbaev

O’zbekiston Ipotekani Qaytamoliyalashtirish Kompaniyasi mutaxassisi

Savol berish

O'xshash yangiliklar

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish