Salom Sentabr oyi 2021 da Joyda ilovasi orqali humo kartasiga online buyurtma berdim online omonat ochmoqchi edim. Buyurtma berishdan oldin operatordan karta qancha vaqtda tayyor boʻlishini soʻraganimdan u jismoniy shaxslar uchun kartalar 1 yo 2 bank ish kunida chiqarib berilishini aytishdi. Men buyurtma berdim. Mening yashash manzilim bankdan 50km uzoqdali uchun shoshilmadim va 8 kundan soʻng bankka bordim. Lekin mening kartam xali chiqarilmagani va agar chiqarilsa menga sms kelishini aytishdi. Lekin shu yerda navbatta turgan boshqa odamlar biz 2 kunda olyabmiz kelib buyurtma berish kerak deyishdi qiziq unda nega online buyurmani chiqarishdi ekan. Internet orqali depozit.uz saytidagi omonatlar toʻgʻrisidagi boʻlimdan menga TBC bank yoqdi va shu kuniyoq bank kartasiga online buyurtma berdim. Menga 1 haftadan soʻng qoʻngʻiroq qilib karta tayyor boʻlganligini va olib ketishim mumkinligi aytishdi va 1 hafta kuttirishgani uchun uzr soʻrashdi plastiklar Toshkentda tayyorlanib Xorazmga yetkazib berilishini aytishdi. Tbc bank xodimlari muomilasi va xizmati menga yoqdi va qaytishda SQB Bankka xam kirib oʻtdim va plastikim xali xam tayyor boʻlmaganini aytishdi bu bankdan umid uzdim bitta plastikni tuziklab chiqarib bera olmagan bankka pullarimni omonatiga ishonib topshirgim kelmadi. Chamasi 1 oydan soʻng SQB bankdan menga qoʻngʻiroq qilib online buyurtma bergan ekansiz plastikizni chiqarib beraylikmi desa boʻladimi. Arizangizni xozir koʻrdik deydi tutab kettimku 1 oyda endi arizamni koʻrgan boʻlsangiz plastik xudo biladi bu yil olamanmi yoʻqmi. Yoʻ raxmat endi kerakmas buyurtmani bekor qilavering allaqachon boshqa bank mijoziga aylandim deb javob berdim. Plastik uchun oʻtkazgan 10.000 soʻmni 5 kundan soʻng qaytib tashab berishdi.