Top.Mail.Ru

Depozit.uz "Classic Plus" jamg'arma hayot sug'urtasini tavsiya qiladi!

Hayot sug’urtasi nima?

Hayot sug’urtasi bu – fuqorolar hayotini turli ko’ngilsiz hodisalardan sug’urta qilish va mablag’larni foyda bilan jamg’arish imkonini beradigan sug’urta mahsulotidir.

Hayot sug’urtasini afzalliklari nimada?

Fuqarolar tomonidan sug’urta qo’yilmalari sifatida rasmiy oylik hisobidan o’tkazilgan mablag’lar 12% miqdoridagi soliqdan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, sug’urta muddati yakunida sug'urta kompaniyasi tomonidan belgilangan miqdorda sug’urta qo’yilmalari miqdoridan bonus to’lab beriladi.
Va albatta, sug’urta polisi turli ko’ngilsiz hodisa yuz bergan taqdirda sug’urta to’lovlari miqdorining 10 barobarigacha sug’urta to’lovini olish imkonini beradi.

Hayot sug’urtasi bo’yicha qanday soliq imtiyozi beriladi?

Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar uzoq muddatga sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotlari to‘lashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad solig‘iga tortilmaydi, O‘zR SK 378-moddasining 15-bandi).

"CLASSIC PLUS" – hayotni uzoq muddatga sug'urta qilishning jamg`arib boriladigan turi hisoblanib, sug`urta muddati 12 oyni va bonus miqdori 6% ni tashkil etadi.

Hayot sug'urtasi daromadliligini bank omonatiga nisbatan solishtirmasi

                              Hayot sug'urtasi                                    Bank omonati
    
                                                1 mln. so'm oylik daromad va 12 oylik hayot sug'urtasi misolida
    
12 oylik ish xaqi12 000 000 so'm12 oylik ish xaqi12 000 000 so'm
Daromad solig'i (0%)0 so'mDaromad solig'i (12%)1 440 000 so'm
Soliqdan keyingi daromad12 000 000 so'mSoliqdan keyingi daromad10 560 000 so'm
Sug'urta bonusi (6%)720 000 so'mOmonat foizi (23%)1 315 600 so'm
Jami daromad12 720 000 so'mJami daromad11 875 600 so'm
Daromadlilik (%)37.8%Daromadlilik (%)23%

Hayot sug'urtasidan daromad: 1 mln. so’m daromad 12% soliq imtiyozi va 6% sug’urta bonusi hisobiga 180 ming so’mga teng daromad keltiradi. Bu degani bir oyda 180 ming so’m ko’proq daromadga ega bo’lish mumkin. 

Bank omonatidan daromad: 1 mln. so’m miqdordagi daromad 12% soliqqa tortilishi oqibatida 880 ming so’mga teng bo’ladi va bu pul yillik 23% bilan bank omonatiga qo’yilgan taqdirda bir oyda 16.9 ming so’m daromad keltiradi.

Natija: bir oy muddat uchun sug’urta daromadi bank omonati daromadidan 163 ming so’mga ko’proqdir. O'n ikki oy, ya'ni sug'urta muddati yakuni bo’yicha sug’urtadan olinadigan daromad summasi 12 720 000 so’mni tashkil etadi. Huddi shunday muddatga qo'yilgan bank omonatidan kelgan daromad 11 875 600 so’mga teng bo’ladi. Ya’ni sug’urta bo’yicha daromad bank omonatiga nisbatan 844 ming so’mga ko’proqni tashkil etadi.

Xulosa: sug'urta shartnomasi muddati yakuni bo'yicha mablag'lar 100% miqdorda 37.8% daromadlilik bilan qaytariladi.

Sug'urta mablag'larini muddatidan oldin qaytarib olish

Mablag’lar 6 oydan so’ng, 12 oyga qadar qaytarib olingan taqdirda mablag’larning 97%i to’lab beriladi va daromadlilik 35%ni tashkil qiladi.

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish