Top.Mail.Ru

Depozit.uz "Classic" jamg'arma hayot sug'urtasini tavsiya qiladi!

Hayot sug’urtasi nima?

Hayot sug’urtasi bu – fuqorolar hayotini turli ko’ngilsiz hodisalardan sug’urta qilish va mablag’larni foyda bilan jamg’arish imkonini beradigan sug’urta mahsulotidir.

Hayot sug’urtasini afzalliklari nimada?

Fuqarolar tomonidan sug’urta qo’yilmalari sifatida rasmiy oylik hisobidan o’tkazilgan mablag’lar 12% miqdoridagi soliqdan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, sug’urta muddati yakunida sug'urta kompaniyasi tomonidan belgilangan miqdorda sug’urta qo’yilmalari miqdoridan bonus to’lab beriladi.
Va albatta, sug’urta polisi turli ko’ngilsiz hodisa yuz bergan taqdirda sug’urta to’lovlari miqdorining 10 barobarigacha sug’urta to’lovini olish imkonini beradi.

Hayot sug’urtasi bo’yicha qanday soliq imtiyozi beriladi?

Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar uzoq muddatga sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotlari to‘lashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad solig‘iga tortilmaydi, O‘zR SK 378-moddasining 15-bandi).

"CLASSIC" – hayotni uzoq muddatga sug'urta qilishning jamg`arib boriladigan turi hisoblanib, sug`urta muddati 13 oyni va bonus miqdori 7% ni tashkil etadi.

Hayot sug'urtasi daromadliligini bank omonatiga nisbatan solishtirmasi

                                Hayot sug'urtasi                                     Bank omonati
    
                                             1 mln. so'm oylik daromad va 13 oylik hayot sug'urtasi misolida
    
13 oylik ish xaqi13 000 000 so'm13 oylik ish xaqi13 000 000 so'm
Daromad solig'i (0%)0 so'mDaromad solig'i (12%)1 560 000 so'm
Soliqdan keyingi daromad13 000 000 so'mSoliqdan keyingi daromad11 440 000 so'm
Sug'urta bonusi (7%)910 000 so'mOmonat foizi (23%)1 534 867 so'm
Jami daromad13 910 000 so'mJami daromad12 974 867 so'm
Daromadlilik (%)37%Daromadlilik (%)23%

Sug'urta shartnomasi muddati yakuni bo'yicha mablag'lar 100% miqdorda 37% daromadlilik bilan qaytariladi.

Sug'urta mablag'larini muddatidan oldin qaytarib olish

Mablag’lar 6 oydan so’ng, 13 oyga qadar qaytarib olingan taqdirda mablag’larning 97%i to’lab beriladi va daromadlilik 35%ni tashkil qiladi.

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish