Hayot sug’urtasi bu – fuqorolar hayotini turli ko’ngilsiz hodisalardan sug’urta qilish va mablag’larni foyda bilan jamg’arish imkonini beradigan sug’urta mahsulotidir.
Fuqarolar tomonidan sug’urta qo’yilmalari sifatida rasmiy oylik hisobidan o’tkazilgan mablag’lar 12% miqdoridagi soliqdan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, sug’urta muddati yakunida sug'urta kompaniyasi tomonidan belgilangan miqdorda sug’urta qo’yilmalari miqdoridan bonus to’lab beriladi.
Va albatta, sug’urta polisi turli ko’ngilsiz hodisa yuz bergan taqdirda sug’urta to’lovlari miqdorining 10 barobarigacha sug’urta to’lovini olish imkonini beradi.
Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar uzoq muddatga sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotlari to‘lashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad solig‘iga tortilmaydi, O‘zR SK 378-moddasining 15-bandi).