Top.Mail.Ru

Mikroqarz

Depozit.uz yordamida eng yaxshi va eng kam foizli mikrokredit, onlayn mikroqarz tanlang va garovsiz, kafilsiz va hujjatsiz kredit olish uchun buyurtma qoldiring. Biz plastikka online qarz olish, tezkor kredit olish va pasportga kredit olishda yordam beramiz.

Подобрано 81 кредитов
Turonbank
Foiz
22%
Kredit summasi
17 mln. so'mgacha
Muddat
7 yil
Ta'minot turi
Kafillik Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Orient Finans Bank
Foiz
24%
Kredit summasi
50 mln. so'mgacha
Muddat
12 oy
Ta'minot turi
Kafillik Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Asakabank
Foiz
24%
Kredit summasi
5 mln. so'mgacha
Muddat
12 oy
Ta'minot turi
Sug’urta polisi Kafillik
Ma'qullanish ehtimolini bilish
O'zsanoatqurilishbank
Foiz
25%
Kredit summasi
15 mln. so'mgacha
Muddat
36 oy
Ta'minot turi
Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Agrobank
Foiz
25%
Kredit summasi
30 mln. so'mgacha
Muddat
2 yil
Ta'minot turi
Kafillik Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Aloqabank
Foiz
26%
Kredit summasi
17 mln. so'mgacha
Muddat
36 oy
Ta'minot turi
Kafillik Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Invest Finance Bank
Foiz
26.99%
Kredit summasi
100 mln. so'mgacha
Muddat
36 oy
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi Kafillik Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Biznesni rivojlantirish banki
Foiz
27%
Kredit summasi
100 mln. so'mgacha
Muddat
4 yil
Ta'minot turi
Kafillik Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Mikrokreditbank
Foiz
27%
Kredit summasi
7.5 mln. so'mgacha
Muddat
5 yil
Ta'minot turi
Kafillik Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Ziraat Bank Uzbekistan
Foiz
27%
Kredit summasi
100 mln. so'm
Muddat
3 yilgacha
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi Kafillik
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Asia Alliance Bank
Foiz
27.99%
Kredit summasi
100 mln. so'mgacha
Muddat
12 oy
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi Kafillik Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
TBC Bank
Foiz
28% dan
Kredit summasi
100 mln. so'mgacha
Muddat
36 oy
Ta'minot turi
Talab etilmaydi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Trastbank
Foiz
28%
Kredit summasi
100 mln. so'mgacha
Muddat
60 oygacha
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi Kafillik Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Poytaxt Bank
Foiz
28%
Kredit summasi
100 mln. so'mgacha
Muddat
4 yil
Ta'minot turi
Kafillik Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
O'zmilliybank
Foiz
29%
Kredit summasi
100 mln. so'mgacha
Muddat
2 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi Kafillik
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Ipak Yo'li Banki
Foiz
29.9%
Kredit summasi
100 mln so'mgacha
Muddat
5 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Yangi Bank
Foiz
30% dan
Kredit summasi
10 mln so'mgacha
Muddat
2 yil
Ta'minot turi
Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Tenge Bank
Foiz
31.9%
Kredit summasi
30 mln. so'mgacha
Muddat
24 oy
Ta'minot turi
Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Ipoteka-bank
Foiz
31.99%
Kredit summasi
30 mln. so'mgacha
Muddat
36 oy
Ta'minot turi
Talab etilmaydi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Garant bank
Foiz
32%
Kredit summasi
40 mln. so'mgacha
Muddat
30 oy
Ta'minot turi
Kafillik Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Xalq banki
Foiz
32%
Kredit summasi
100 mln. so'mgacha
Muddat
4 yil
Ta'minot turi
Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Hamkorbank
Foiz
32%
Kredit summasi
100 mln. so'mgacha
Muddat
36 oy
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi Kafillik Talab etilmaydi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Hayot Invest
Foiz
32.4%
Kredit summasi
50 mln. so'mgacha
Muddat
24 Oy
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Davr-bank
Foiz
33%
Kredit summasi
100 mln. so'mgacha
Muddat
5 yil
Ta'minot turi
Talab etilmaydi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Anor Bank
Foiz
34%
Kredit summasi
100 mln. so'mgacha
Muddat
36 oy
Ta'minot turi
Talab etilmaydi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Yengil Kredit
Foiz
34.8%
Kredit summasi
20 mln. so'mgacha
Muddat
18 Oy
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Biznes Finans
Foiz
34.8%
Kredit summasi
50 mln. so'mgacha
Muddat
18 Oy
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi Zargarlik buyumlari garovi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Universal bank
Foiz
36%
Kredit summasi
100 mln. so'mgacha
Muddat
3 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi Kafillik
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Yaxshi niyat
Foiz
38%
Kredit summasi
300 mln. so'mgacha
Muddat
2 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Kapitalbank
Foiz
40%
Kredit summasi
50 mln. so'mgacha
Muddat
5 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Barqaror Sarmoya Group mikromoliya tashkiloti
Foiz
42%
Kredit summasi
50 mln. so'mgacha
Muddat
18 oy
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
PulMan
Foiz
43.2%
Kredit summasi
50 mln. so'mgacha
Muddat
3 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Imkon Finans
Foiz
48%
Kredit summasi
50 mln. so'mgacha
Muddat
24 Oy
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Delta
Foiz
59.9%
Kredit summasi
50 mln. so'mgacha
Muddat
25 Oy
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Renesans
Foiz
Naqd pulda yiliga 50%dan 66%gacha, plastik yoki omonat hisob raqamiga yiliga 48% dan 60% gacha
Kredit summasi
50 mln. so'mgacha
Muddat
36 Oy
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi Kafillik Sug’urta polisi Zargarlik buyumlari garovi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Mikrokredit tashkiloti Elit Mikrofinans
Foiz
72%
Kredit summasi
50 mln. so'mgacha
Muddat
36 Oy
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi Zargarlik buyumlari garovi
Ma'qullanish ehtimolini bilish

Mikroqarzlar to'g'risida fikrlar

5
Star Star Star Star Star

RUSTAM

Единственный банк, который смотрел на ЗП

Пробовал взять микрозайм почти во всех банках. Где-то приложение мертвое и услуг попросту нет. Где-то требуют иметь карту этого банка. В большинстве банков смотрят историю через КАТМ. У меня истори ...

5
Star Star Star Star Star

sanjar isroilov

Sanjar_0107

pul kerak iltimos iwlab qaytaraman oyma oy 5 millon pul kerak iltimos yordam qilvorilar iwlab qaytaraman

5
Star Star Star Star Star

ROMAN

Микрозайм TBC Банка

Спасибо Вам Большое, Уважаемые Господа!!! За своевременно оказанную помощь в сложных ситуациях, за участливое взаимодействие с клиентом Банка, за терпимость и терпение. Спасибо Большое!!!

Banklar haqida fikr-mulohazalaringizni qoldiring va bank xizmatlarini yaxshilashga hissa qo'shing

Nimalarni bilish muhim

O'zbekistonda mikroqarzlar

Mikroqarzlar - afzalliklari va kamchiliklari

So‘nggi bir necha yil davomida mikroqarzlar aholi orasida eng ommabop moliyaviy mahsulotlardan biriga aylandi.

Buning asosiy sababi ularni olish osonligi va maqsadi yo'qligidir. Odamlar turli vaziyatlarda mikroqarz olish uchun murojaat qiladi, ba'zilari ularni favqulodda ehtiyojlar uchun, masalan, shifokorga borish yoki mashinasini ta'mirlash uchun, boshqalari esa kvartirani ta'mirlash yoki yangi telefon sotib olish uchun oladi. Aksariyat mijozlar kreditni faqat kerak bo‘lganda olishga va o‘z vaqtida qaytarishga harakat qilsa-da, ularning mohiyatini tushunmaydiganlar ham bor. Ushbu maqolada bank mikroqarzlarining barcha ijobiy va salbiy tomonlari haqida yozamiz.

Mikroqarzlar kreditning soddalashtirilgan shakli bo'lib, ularni bir necha daqiqada, hatto uydan chiqmasdan ham olish mumkin. Mikroqarz shu yerda va hozir pul kerak bo'lganda, qisqa vaqt ichida kichik miqdorda pul olish imkonini beradi. Mikroqarz 50 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda 3 yilgacha muddatga olinishi mumkin.

Kredit olish uchun ariza topshirayotganda, olinayotgandan ko'proq pul qaytarish kerakligini tushunish kerak, bu barcha kreditlarga taalluqli. Biroq, texnik jihatdan bu yerda hamma narsa ancha sodda, chunki kredit olish bank kartalari o'rtasida pul o'tkazmasini amalga oshirishdan ham oson. Barcha banklarda hatto pensionerlar ham foydalanishi mumkin bo'lgan saytlar va ilovalar mavjud. Tabiiyki, banklar hammaga ham pul bermaydi - banklar qarz oluvchini baholashning o'z usullariga ega. Ammo biz bu haqda keyingi maqolalarda gaplashamiz. Bugun biz mikroqarzlarning afzalliklari va kamchiliklarida to'xtalamiz.

Afzalliklardan boshlaymiz:

  • Ariza bo'yicha tezkor qaror qabul qilinishi

Ko'pgina banklar mobil ilovalar orqali mikroqarzlar olish uchun onlayn ariza berish imkoniyatini beradi va bunday kreditlar bo'yicha bankning javobi ariza topshirilgandan keyin 5 daqiqa ichida keladi. Bankka tashrif buyurish bilan taqdim etilgan mikroqarzlar bo'yicha qaror qabul qilinishi odatda bir kundan ortiq davom etmaydi.

  • Kredit tasdiqlangandan so'ng darhol mablag'larni olish imkoniyati

Arizani ko'rib chiqish muddati cho'zilishi mumkin – savollar tug'iladi yoki qo'shimcha hujjatlar kerak bo'ladi, lekin banklar tomonidan kredit mablag'lari ajratilishi umuman vaqtni talab qilmaydi. Ariza ma'qullangandan so'ng darhol pul sizning elektron hamyoningizda yoki bank kartangizga tushadi.

  • Istalgan joydan kredit olish imkoniyati

So'nggi yillarda mobil bankingning jadal rivojlanishi bizning hayotimizni sezilarli darajada soddalashtirdi, ko'plab xizmatlar, jumladan, bank xizmatlari tez va qulayroq bo'ldi. Bu kredit olishga ham taalluqli - onlayn kreditlash xizmatlarida 5 daqiqada ariza to'ldirish va bank qarori haqida deyarli darhol bilib olish mumkin. Hech qayerga borish shart emas, faqat internetga kirish kerak. Arizani smartfon, planshet yoki kompyuterdan yuborish mumkin.

  • Shaffof va tushunarli shartlar

Kredit olish necha pulga tushishini darhol bilib olish mumkin. Bank saytiga kerakli miqdor va muddatni kiritib, kredit bo’yicha qo’shimcha to'lov qancha bo'lishini darhol ko'rib olish mumkin. Ya'ni, kredit olish uchun ariza berishdan oldin, barcha qo’shimcha to'lovlar miqdorini bilib olasiz.

  • Hujjatlar to'plami talab qilinmaydi

Mikroqarz olish uchun faqat bitta hujjat – pasport yoki ID karta kerak bo'ladi. Agar mijoz ilgari bankning mobil ilovasida masofaviy identifikatsiyadan o'tgan bo'lsa yoki bank mijozi bo'lsa, umuman hech qanday hujjatsiz mikroqarz olish mumkin. Ammo bank garov talab qiladigan hollarda, odatda kredit miqdori kattaroq bo'lganda, garov hujjatlari taqdim etilishi kerak bo'ladi. Biroq, ba'zi banklarda mikroqarzning maksimal miqdorini ham hech qanday garovsiz olish mumkin. Daromad haqida ma’lumotnoma, pensiya guvohnomasi yoki INN kerak bo'lmaydi.

  • Arizaning oddiy shakli

Anketani to'ldirish uchun bir necha daqiqa vaqt ketadi. Qoidaga ko'ra, aloqa ma'lumotlari, pasport ma'lumotlari va daromad va ish joyi haqida ma'lumotlar talab etiladi.

  • Hech qanday kafolat yoki garov talab qilinmaydi

Ko'pgina banklar mikroqarz uchun kafillik yoki garov ham talab qilmaydi, chunki ular keraksiz talablarni qo'ymasdan tezda kreditni tasdiqlash bo’yicha qaror qabul qiladi.

  • Qo'shimcha to'lovlar yo'q

Kreditdan foydalanganlik uchun banklar qo'shimcha komissiya olmaydi. Mijozlar faqat kredit shartnomasi bo'yicha hisoblangan foizlarni to'laydi.

Endi kamchiliklar haqida. 

Mikroqarzlarning deyarli hech qanday kamchiliklari yo'q, faqat bitta jihatidan tashqari - ularning nisbatan yuqori foiz stavkasi. Mikroqarzlar bo'yicha foiz stavkasi boshqa chakana kreditlarga nisbatan bir oz yuqoriroq. Sababi, bank har qanday maqsadda foydalanish uchun va hech qanday garovsiz pulni qarzga beradi.

Mikroqarzning yana bir kamchiligi sifatida kredit miqdorining cheklanganligini aytish mumkin. Qoidaga ko‘ra, bankdan maksimal 50 million so‘m olish mumkin. Mikromoliyalashning mohiyati ham shuki, kichik miqdordagi summani talab qiladigan shoshilinch muammolarni hal qilishdir.

Umuman olganda, mikroqarzlarning afzalliklari ham kamchiliklari ham mavjud. Lekin ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi tushunib, moliyaviy jihatdan savodli bo’lgan mijoz mikroqarzlardan foyda olishi aniq.

Mikroqarzni qanday tanlash kerak

Mikroqarz — bu belgilangan foizlarni to'lash sharti bilan qisqa muddatga qarzga pul olish imkoniyatidir.

Bugungi kunda onlayn-banking xizmatlari faol rivojlanib, fuqarolarga bir necha daqiqada to'liq masofadan kredit berish imkonini bermoqda. Bu qarz oluvchi uchun tez va qulay, buning uchun faqatgina anketani to'ldirish kifoya va pul darhol kartaga o'tkazib beriladi.

Ushbu maqolada siz turli parametrlarga ko'ra mikroqarz turlarini va shunga ko’ra ularni to'g'ri tanlashni bilib olasiz.

Mikroqarz turlari

Mikroqarzlarni batafsil tushunish va qanday parametrlar bo'yicha tanlash kerakligini tushunish uchun mikroqarzlarni turlari bo'yicha ajratish maqsadga muvofiqdir.

  • Olish usuli bo'yicha mikroqarzlar

Onlayn mikroqarz olishning eng mashhur usuli - bu bank kartasiga olishdir. Bu usul orqali berilgan kredit tezda o'tkazib beriladi, uni naqdsiz shaklda sarflash yoki bankomat orqali naqd qilish mumkin. Aksariyat banklar o'z kartalariga ham, boshqa banklarning kartalariga ham kredit beradi. Bank hisobvarag'idan ham foydalanish mumkin, ammo pul tushishining sekinligi tufayli bu usul mashhur emas. Transfer 3-5 kungacha davom etishi mumkin.

Internetda turli xil tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to'lovlarni amalga oshirish uchun elektron hamyonga mikroqarz olish mos keladi. Elektron hamyonni chiqarish kartaga qaraganda osonroq va tezroq, ammo undan naqd pul yechish qiyinroq.

Ba'zi banklar naqd pulda kredit beradi – bunday mikroqarzlar aynan naqd pul kerak bo’lgan shaxslarga  to’g’ri keladi. Naqd pulni mijozlarga xizmat ko'rsatish ofislari olish mumkin.

  • Muddati bo'yicha mikroqarzlar

Muddati bo'yicha kreditlarning 2 asosiy turi mavjud:

  1. Qisqa muddatli kredit 3 oygacha bo'lgan muddatga beriladi. Bunday kreditlar miqdori odatda katta bo’lmaydi. Ushbu xizmat shoshilinch muammolarni tezda hal qilishga yoki shoshilinch ehtiyojlarni qondirishga yordam beradi.
  2. Uzoq muddatli kreditlar 1 yildan 5 yilgacha muddatga beriladi va bunday kredit hisobiga kattaroq summani olish mumkin.

Har qanday kreditni hech qanday cheklovlarsiz to’liq yoki qisman muddatidan oldin qaytarish mumkin. 

  • Rasmiylashtirish usuli bo'yicha mikroqarzlar

Mikroqarzlarni ikki usulda rasmiylashtirish mumkin:

  1. Bankga tashrif buyurish orqali. Bunda hujjatlarni topshirish va kredit olish uchun ariza berishdan tortib, kredit olishgacha bo'lgan barcha jarayonlar bank mutaxassisi ishtirokida bankda amalga oshiriladi. Bu usul ko'p vaqt talab etadi, lekin kattaroq summada mikroqarz olish uchun har qanday holatda ham to'g'ridan-to'g'ri bank filialiga murojaat qilish kerak bo'ladi.
  2. Mobil ilovalardan onlayn. Bunday mikroqarzlar deyarli bir zumda beriladi. Arizani ko'rib chiqish va qaror qabul qilish uchun 15 daqiqagacha vaqt ketadi va ko'plab banklar bir daqiqa ichida pul chiqaradi. Pul o'tkazish odatda ariza topshirilgan kunidayoq sodir bo'ladi. Onlayn arizalar kuniga 24 soat va haftaning istalgan kuni, shu jumladan bayram kunlari ham qabul qilinadi.
  • Qarz oluvchilarga qo’yiladigan talablar bo’yicha mikroqarzlar

Bu parametrga koʻra, toifalarga boʻlinish yaqinda, yaʼni oʻzini o’zi band qilish tushunchasi amaliyotga joriy etilganidan soʻng va banklar tomonidan ularga mikroqarzlar berila boshlanganidan soʻng mumkin boʻldi. Shunday qilib, qarz oluvchilarga qo'yiladigan talablarga ko'ra mikroqarzlar ikkiga bo'linadi:

  1. Rasmiy daromad manbaiga ega bo'lgan qarz oluvchilar uchun mikroqarzlar. Ushbu toifaga rasmiy ish joyi va daromadi bo'lgan har bir shaxs kiradi. Shu bilan birga, ayrim banklar tomonidan byudjet va davlat tashkilotlari xodimlari uchun alohida shartlar, bankning ish haqi loyihasida ishtirok etuvchi kompaniyalar xodimlari uchun alohida shartlar va boshqa mijozlar uchun alohida shartlar mavjud.
  2. Oʻzini o’zi band qilgan shaxslar uchun mikroqarz. So'nggi paytlarda banklar rasmiy daromadi bo'lmagan shaxslar - oʻzini o’zi band qilgan shaxslar uchun alohida shartlarda mikroqarzlar berishni boshladi.

Mikroqarzni qanday tanlash mumkin

Eng yaxshi taklifni tanlash uchun har bir kreditning asosiy parametrlarini tahlil qilish va ularni bir-biri bilan solishtirish kerak. Miqdori, muddati va foiz stavkasi yakuniy ortiqcha to'lov nuqtai nazaridan ko'rib chiqilishi kerak. Aynan shu ko'rsatkich kredit narxini ko'rsatadi. Kredit kalkulyatoridan foydalanib, siz turli xil shartlar, miqdorlar, foiz stavkalari bilan bir nechta variantlarni hisoblashingiz va qaysi biri foydalanuvchiga eng mos kelishini ko'rishingiz mumkin. Agar sizga zudlik bilan pul kerak bo'lsa, siz imkon qadar tez va qarz oluvchi uchun qulay tarzda - karta yoki elektron hamyonga beriladigan onlayn mikroqarzlarni tanlashingiz mumkin.

Kredit olishda nimalarga e'tibor berish kerak

Bank bilan muvaffaqiyatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘plab omillarga bog‘liq. Mikroqarz olishda qarz oluvchi uchun quyidagi jihatlar ayniqsa muhimdir.

  • Ariza shaklini ehtiyotkorlik bilan to'ldirish. Ma'lumotlarni diqqat bilan kiritish va tekshirish kerak. Har qanday xato rad javobiga olib kelishi mumkin. Agar pasport ma'lumotlari noto'g'ri kiritilsa, dastur mijozni aniqlay olmaydi. Maydonlarni o'tkazib yuborish yoki noto'g'ri ma'lumot berish pul mablag'larini olish imkoniyatini yo’qqa chiqaradi.
  • Bank talablariga muvofiqlik. Qarz oluvchi belgilangan parametrlarga mos kelishiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu birinchi navbatda tekshiriladigan jihatdir. Bundan tashqari, qonun bilan belgilangan shartlar mavjud, masalan mikroqarzlar faqat 18 yoshdan oshgan fuqarolarga berilishi.
  • Shartnoma bilan tanishish. Shartnoma imzolashni rasmiyatchilik sifatida qabul qilish va tanishib chiqmasdan imzo chekish noto’g’ri. Bu mijozning moliyaviy savodxonligi pastligidan dalolat beradi. Hujjatda barcha shartlar, jarima va ularni hisoblash tartibi, qo'shimcha pullik xizmatlarning mavjudligi va kreditning to'liq qiymati ko'rsatiladi. Bu barcha savollar keyinchalik qarz oluvchilarning noroziligiga sabab bo'lishi mumkin.
  • Mablag'larni olish usuli. Qarzni qarz oluvchigina olishi mumkin. Shuning uchun, bank kartasi yoki elektron hamyon mijozning nomiga ochilgan bo'lishi kerak, naqd pul shaklida kredit olishda esa shaxsan pasportni taqdim etgan holda bankka murojaat qilish kerak. Bundan tashqari, karta so’mda va amal qilish muddati o’tib ketmagan bo’lishi kerak.

 

Mikroqarzlar bozori juda xilma-xil bo'lib, u bir joyda to'xtamaydi, doimiy ravishda yangi xizmatlar, mahsulotlar va qonunlar paydo bo'ladi. Maqolada biz mikroqarzlarning asosiy turlari va foydali taklifni tanlash mezonlari haqida ma'lumot berdik. Ushbu ko'rsatmalarga amal qilgan holda, foydalanuvchilar osongina to'g'ri tanlov qilishlari mumkin.

Mikrokredit tashkilotlaridan mikroqarzlar: xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari

Banklarga nisbatan yuqori foiz taklif qilishiga qaramay, mikrokredit tashkilotlari (MKT) aholining turli qatlamlari orasida talabga ega.

Deyarli har bir shaharda mikrokredit tashkilotlari mavjud. Ularning mashhurligining siri oddiy – ular kredit uchun ariza topshirilgandan so'ng darhol pul beradi. Hujjatlarni tayyorlash va bankning ijobiy javobini kutish uchun vaqt yetarli bo’lmaganda, qisqa vaqtda kredit olish imkoniyati juda asosli hisoblanadi. Biroq masala tez hal bo’lishiga qaramay, tezlik uchun qo’chimcha foiz to’lashga to’g’ri keladi.

Odatda, MKTlardan mikroqarzlar banklarga qaraganda kichikroq summalarda olinadi. Bank krediti, qoida tariqasida, hayot sifatini yaxshilash – masalan qimmatbaho texnikalar yoki mebel sotib olish, uy-joyni ta’mirlash uchun olinadi. Mikroqarz ko’proq kutilmagan vaziyatlarda shoshilinch ehtiyojlarni qondirish uchun talab etiladi.

MKT kreditiga murojaat qilishdan oldin:

  • Birinchidan, sizning vaziyatingiz haqiqatan ham shunchalik muammolimi va uni hal qilish uchun qarz olishingiz qanchalik kerakligini aniqlang.
  • Ikkinchidan, o'z imkoniyatlaringizni to’gri baholang: qarzga olingan pul ustiga foizi bilan qaytarilishi kerak. Kelajakdagi byudjetga katta zarar yetkazmasdan kreditni o'z vaqtida to'lay olasizmi?

Agar sizga zudlik bilan pul kerak bo'lsa ham, shoshilmang va shoshilinch qarorlar qabul qilmang: turli tashkilotlarning takliflarini baholang. Mikroqarz qisqa muddatga berilsa-da, kunlik 0,2% yillik 73% ekanligini unutmang. Haqiqatan ham shuncha ortiqcha pul to'lashga tayyorligiz haqida o'ylab ko'ring.

Shunday qilib:

  1. Foiz stavkalarini hisoblang, shartnomaning individual shartlarini va MKT tomonidan bir tomonlama ravishda o'rnatiladigan umumiy shartlarni o'qib chiqing.
  2. Shartnomaning individual shartlarini diqqat bilan o'rganing: ular qo'shimcha xizmatlar uchun shartlarni o'z ichiga olishi ham mumkin va ular qaytarishingiz kerak bo'lgan summaga ta'sir qiladi.
  3. Kreditning to’liq qiymatini tekshiring. Shartnoma shartlarida yillik foiz hisobidan maksimal ustama to'lovi ko’rsatilishi shart.

MKTlardan kredit olishning afzalliklari

Afzalliklari kam emas. Ro'yxatdan o'tish tartibi juda oddiy va tezdir, shuning uchun ma’lum toifadagi qarz oluvchilar uchun bu juda qulay. Afzalliklari:

  • Hujjatlar deyarli talab etilmaydi. Kerakli hujjatlar ro'yxati minimaldir. Aksariyat hollarda bitta pasportning o’zi yetarli bo’ladi. Daromadni tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi shart emas.
  • Darhol rasmiylashtirish. Ariza banklarga qaraganda tezroq to'ldiriladi va ko'rib chiqiladi. Tasdiqlangandan so'ng darhol pul o'tkaziladi. Ko'pincha bu taxminan 15-20 daqiqa davom etadi.
  • Yuqori ma'qullash darajasi. Kichik miqdorlar haqida gap ketganda, 98% hollarda ijobiy javob keladi.
  • Ko’pchilik foydalana oladi. Banklar o'z mijozlariga qat’iyroq talablar qo'yadi. Yosh cheklovlari va yomon kredit tarixi pul olish uchun to'siq bo'ladi. Mikrokredit tashkilotlari esa qarz oluvchilarga yumshoqroq shartlar qo’yadi. Katta bo’lmagan miqdorda muddati o’tgan to’lovlar mavjudligi yoki past skoring balli rad javobi uchun asos bo’lmaydi.

 

Muhim! Mikroqarzning o‘z vaqtida qaytarilishi mijozning kredit tarixini yaxshilash imkonini beradi. Ma’lum muddat davomoda mikroqarzni o'z vaqtida to’lab borilishi kelajakda bankdan kredit olish imkoniyatini oshiradi.

MKT mikroqarzlarining kamchiliklari

Barcha afzalliklar bilan birga, MKT mikroqarzlarining kamchiliklari ham mavjud. Masalan, yuqori foiz hamma uchun ma’lum kamchilik, lekin bundan tashqari boshqa ko’zga ko’rinmaydigan salbiy tomonlar ham mavjud. Agar ularning barchasi haqida bilsangiz, unda mikroqarz olish haqida qaror qabul qilishni imkon qadar chuqurroq o’ylaysiz.

  • Foiz stavkasi banknikidan bir necha barobar yuqoriligi yuqori. Gap shundaki, MKT kunlik foizni ko'rsatadi. Bu amalda qanchalik yuqori bo'lishini hamma ham tushunmaydi. Ko'pincha, banklar 25-30% stavkada kreditlar taklif qilganda, MKTlar qarz oluvchilarni 0,2% yoki undan ham kamroq Stavka bilan jalb qiladi.

Maslahat! Bundan vaziyatda farqni tushunish muhimdir. Bank krediti stavkasi yillik ifodalanadi. Agar MKT tomonidan va'da qilingan 0,2%ni bir yildagi kunlar soniga ko'paytirsak, biz banklardagi 25-30% o’rniga yillik 73% ega bo’lamiz. Haqiqiy ustama to'lovni baholash uchun kredit berish kunlarining sonini hisobga olgan holda foizni hisoblang.

  • Jaimalar banklarga qaraganda qattiqroq. Kechiktirilgan har bir kun uchun MKT tomonidan belgilangan miqdorda jarima undiriladi. Banklar uchun esa jarima foizlar miqdori bo'yicha cheklovlar mavjud.
  • Kutilmagan holatlarda ham, masalan, koronavirus tufayli karantin holatida ham, qarz o'z vaqtida to'lanishi kerak. Banklarda bunday vaziyatlarda kredit ta'tillari taqdim etiladi.

 

Bugungi kunda O'zbekiston hududida 84 ta mikrokredit tashkiloti faoliyat yuritadi. Ularning barchasi turli shartlarda mikroqarzlar taqdim etadi. Biroq hozirgi vaqtda bunday mikroqarzlarning barchasi bevosita mikrokredit tashkilotiga murojaat qilish orqali taqdim etiladi, onlayn rasmiylashtirish mikrokredit tashkilotlari tomonidan yo'lga qo'yilmagan.

Shunday qilib, MKT kreditlariga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Avvalo, mijoz kreditni qanday qaytarishni rejalashtirayotgani haqida aniq tushunchaga ega bo'lishi kerak. Mikrokredit tashkilotlariga bilan faqat ikkita holatda – zudlik bilan pul kerak bo'lganda yoki qulayroq shartlarga ega bo'lgan banklardan rad javobini olganda murojaat qilishga arziydi.

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish