Top.Mail.Ru
07.05.2022
Urazzoda
1322
Узнацбанк

Xizmat sifati o'rta darajada

Aprel holatiga ko'ra ikkilamchi bozor uchun eng yaxshi taklifni aynan shu bank bermoqda. Ilk murojaatdan keyingi ta'surotim yaxshi. Biroq ipotekani rasmiylashtirishga kirishar ekanmiz, kundan kunga fikrim o'zgarib bordi. Ayniqsa, bankning bir filialidagi bo'limlar orasidagi hujjat almashishi, biror hujjatni imzolash uchun xodimning boshqa bo'lim xodimi yoki boshlig'ini kutishi juda ham ko'p vaqt olar ekan. Buni IT bilan soddalashtirish mumkin vaholanki. Umuman olganda xizmat ko'rsatish sifati o'rta darajada, inson omili ko'p ishtirok etgani uchun malaka darajasiga qarab, xizmat sifati ham har xil. Bank muhitida vertikal boshqaruv yaqqol sezilib turadi, agar jarayonda "muammo" bo'lsa, yuqoriroq lavozimdagi xodimga aytib, "muammoni yechishi mumkin". Qanday bo'lsada, o'z darajasida xodimning sizga xizmat ko'rsatishga imkon darajasida intilishi ham yaxshi taraflardan. Lekin murojaatchilarning ko'pligi, bankdagi xodimlar sonining chegaralanganligi sabab jarayon cho'zilishi mumkin. Shuning uchun imkon qadar o'zingizga bog'liq hujjat ishlarini tezroq topshirishingizni, imkon qadar oy boshidan boshlashingizni tavsiya etaman. Chunki oy oxiriga kelib, hisobotni yakunlashga kirishib ketishib, sizning ishingiz kechikishi mumkin. Bizning holatda kredit o'rtacha 14 kun o'tib ajratildi.

Комментарии: 1

Модератор Depozit.uz
24.05.2022
Assalomu alaykum. Fikr qoldirganingiz uchun rahmat.
Комментировать
Расскажите о своем опыте использования банковских услуг Оставить отзыв
home icon Главная menu icon Меню profile icon Профиль
depozit.uz logo
Следите за лучшими предложениями и новостями на нашем телеграм-канале.
Подписаться