Top.Mail.Ru

Karta zakaz qilish va mijozlarga xizmat ko'rsatish

Humo karta zakaz qilgandim, 3 kun ichida tayyor qilib yetkazib beramiz deyishgandi. 9 kun kutishimga to'g'ri keldi. 4-kundan boshlab bankka telefon qilishimga to'g'ri keldi, chunki pul juda zarur edi va buning uchun Visa kartamdagi dollarni konvertatsiya qilishim kerak edi (ahmoqona tarafi - ipak yuli visa kartasidan faqat shu bank kartasiga konvertatsiya qilish mumkinligida). Bir necha marotaba har kuni Mirzo Ulug'bek va Mirobod filiallariga telefon qildim, hech kim javob bermadi. Oxiri bosh ofisga OPERU ga telefon qilishimga to'g'ri keldi. 5-kun karta chiqarilgani va kurerga berilgani, u tez orada bog'lanishi haqida telefonimga sms keldi. 6-kun kartam yetkazib berilmagani uchun Operuga yana telefon qilishimga to'g'ri keldi. Ular hafta oxiri va arizalar ko'ligini bahona qilishib, kartam keyingi hafta yetkazib berilishini aytishdi. Bu orada dollar kursidan ham zara ko'rdim. Xullas, BU BANK XIZMATIDAN UMUMAN FOYDALANMASLIKNI MASLAHAT BERAMAN!

Карты

Комментарии: 1

Модератор Depozit.uz
06.04.2022
Assalomu alaykum. Fikr qoldirganingiz uchun rahmat. Fikringiz bank hodimlari tomonidan ko'rib chiqiladi.
Комментировать
0/3000
Leave Feedback

Расскажите о своем опыте использования банковских услуг

home icon Главная menu icon Меню profile icon Профиль
depozit.uz logo
Следите за лучшими предложениями и новостями на нашем телеграм-канале.
Подписаться