Top.Mail.Ru

Ishonchsiz bank

E'tirof etishim mumkinki, bu bank qolgan yangi rivojlanayotgan barcha banklardan ko'ra qoloq, bank xizmati, ishchilar muomalasi va bank ishonchlilik darajasi juda past darajada. 19. 10.21 da bank tomonidan hech qanday sababsiz pul yechib olindi. Bank xodimlariga murojaat etilganda, koptok strategiyasi qo'llanildi, yani bir bo'lim, ikkinchi bo'limni raqamini berib o'zidan soqit qilaverdi oxir oqibat Mirobod tumani ofisiga murojaat qilinganda qo'pol ohangda bir xodim biz bilmaymiz, bizda pul qayerga yechilgani haqida ma'lumot bo'lmaydi dedi, axir bank kartalarda bo'layotgan operatsiyalarni ko'ra olishi kerak-ku. So'ngra yana boshqa filiallarni o'chirilgan raqamini berib qutulib qoldi go'yo, yana qaytib shu raqamga bog'landik, bosh ofis orqali shu muammoni hal qilishni etganda qattandir plastik karta ma'lumotlarini o'rganib olishibti, sizning kafillingingizga yechilibti deb baxona uydirishti, aslida u summa yechib olingan summaning yarmi edi, va hali to'lash muddati yetmagan edi. Bank xodimi bizni bank sohasini yaxshi tushunmaydigan omi deb o'yladi shekili, shu kreditorni pasportini yuvorsez biz unga yechilgan summani pasportni asos qilib qayd qilamiz deydi uyalmay. A inson u pulni yechishdan oldin asosing bo'lishi kerak ediku, nega pulni o'zing xato yechib, kn uyalmay bizdan yana asos so'rayabsan. Shu bilan bu muammo ochiq qoldi, pul ham qaytmadi, uzur ham so'rashmadi. Undan ko'ra sizzi muammoyiz, muammoni hal qimoqchi bosez bankka kelinde ariza yozib oziz hal qilin mani ishimmas bu degan gapni eshittim. Bank mijozlarga emas, mijozlar bankka xizmat qilishi kerakmidi?! Bank boshqaruvchilaridan xodimlariga yanada xushyorroq bo'lishlarini iltimos qilaman. Chunki mijozlar bank tizimi rivojlanishidagi asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

Другое

Комментарии: 1

Модератор Depozit.uz
22.10.2021
Assalomu alaykum Ziyoda opa, fikr qoldirganingiz uchun rahmat! Fikringiz banklarga o'z faoliyatini yaxshilash va mijozlarga to'g'ri tanlov qilishga yordam beradi.
Комментировать
0/3000
Leave Feedback

Расскажите о своем опыте использования банковских услуг

home icon Главная menu icon Меню profile icon Профиль
depozit.uz logo
Следите за лучшими предложениями и новостями на нашем телеграм-канале.
Подписаться