Milliy bank mijoziman. Pul juda zarur bo'lib qolgandi. Toshkent shahrida xizmat qilayotgan hodimlarga kattadan katta raxmat. Mirobod filialidan 3 kun ichida 20 million so'm mikroqarz oldim. Oz vaqt sarfladim. Endi masalani ikkinchi tomoniga o'taylik. Mening taklifimga ko'ra, xuddi shu masalada bir oydan so'ng, ya'ni sentabr oyida onam Surxondaryo viloyati Denov tuman filialiga murojaat qildi. Eng qizig'i so'ralgan hujjatlar bir sandiq. Ortiqcha vaqt, 2 haftalik ovoragarchilik, resurs yo'qligi vajlari hamda muomala madaniyatidan yiroqlik, bepisandlik odamni sochini tikka qildi. Onam oxiri tan berib, quruq qaytgan. Taklifim shundan ibiratki: 1. Mikroqarz uchun sug'urta to'lovini olib tashlash lozim. Negaki, boshqa bir qator banklarda bu qo'shimcha to'lov turi mavjud emas. 2. Kasb va muomala madaniyati bilan hodimlarni qayta tanishtirish zarur. 3. Bosh ofis mutasaddilari, sizlardan iltimos, chekka hududlardagi filiallarga ham "resurs" ajratinglar ( agar o'sha bank hodimlarining gaplari rost bo'lsa ) ular ham ODAM!