10 Jun 2020 |  1,401

«Ipak Yo'li» bankining bankomatlari naqd dollarlarni sotishni boshladi

O'zbekistonda birinchi marta! «Ipak Yo'li» bankining bankomatlari naqd dollarlarni sotishni boshladi.

«Ipak Yo'li» banki 2020-yil 9-iyundan boshlab O'zbekistonda birinchi bo'lib barcha bankomatlar orqali naqd soʻmga naqd AQSH dollari sotish xizmatini yoʻlga qoʻydi. Bir martada 100 AQSH dollarini valyuta ayirboshlash shoxobchalari kursi boʻyicha sotib olish mumkin. Shunchaki bankomatga naqd soʻm kiriting, uskuna esa sizga 100 AQSH dollari va, zarurat boʻlsa qaytim beradi. Ushbu funksiya bank ofislari yonida o'rnatilgan bankomatlardan boshlab, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

2018-yilda «Ipak Yo'li» banki Cash-in funksiyasiga ega bo'lgan 200 ta bankomatning katta partiyasini sotib olgandi va birinchilardan bo'lib naqd pulni AQSh dollarlarida naqd pulga almashtirish xizmatini ishga tushirdi. Bu safar bank ushbu yo'nalishda ustunlikni boy bermaslikka qaror qildi.

Hozirgi kunda butun mamlakat bo'ylab valyuta ayirboshlash funksiyasiga ega 700 ga yaqin bankomatlar o'rnatilgan (O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining telegramdagi sahifasidagi xabar https://t.me/centralbankuzbekistan/1581) bo'lib, ularning 194 tasi «Ipak yo'li» banki tomonidan o'rnatilgan. 2020-yilning ikkinchi yarmida bank mamlakat bo'ylab qo'shimcha 100 ta bankomat o'rnatishni rejalashtirmoqda.