Top.Mail.Ru

Zoomrad - monitoring xizmati bepul ilova!

Zoomrad - monitoring xizmati bepul ilova!

Zoomrad - monitoring xizmati bepul ilova!

Zoomrad – bu Aloqabank banki tomonidan foydalanuvchilar uchun yaratilgan, o’zida to’lov va bank xizmatlarini mujassamlashtirgan ilovadir. 

Zoomrad ilovasi orqali quyidagi xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

•    Mobil aloqa;
•    Internet provayderlar;
•    Kommunal xizmatlar;
•    Davlat tashkilotlari xizmatlari;
•    Telefoniya;
•    Raqamli televideniye;
•    Transport;
•    Kreditni so’ndirish;
•    Restoranlar;
•    Sug’urta va internet xizmatlari va hokazo.

Bu kabi to’lovlar boshqa ilovalarda ham bor. Lekin “Zoomrad”ning o’ziga xosligi barcha to’lovlar va hatto o’tkazmalar uchun ham keshbek taqdim qilinishidadir. Keshbek miqdori va taqdim qilish shartlari ushbu maqolada tushuntirilgan. 

O’tkazmalar uchun komissiya Uzcard- Uzcard, Uzcard-Humo, Humo- Uzcard yo’nalishlari uchun – 0,5%, Humo- Humo yo’nalishi uchun esa 0% qilib belgilangan.

Ilovaning yana bir o’ziga xos jihati – Sandiqcha bo’limi. Uning yordamida o’z maqsadingizga osonroq yetishingiz mumkin. Buning uchun kerakli maqsadni tanlashingiz, (masalan “Sayohat uchun”, “Telefon xaridi uchun” yoki boshqa maqsadni) va kerakli summani kiritishingiz kerak bo’ladi. Har kartangizga pul tushganida avtomatik ravishda belgilangan summa Sandiqchaga o’tkaziladi. Siz Sandiqchada qancha mablag’ yig’ilgani va maqsaddagi summaga qancha qolganini ko’rishingiz mumkin bo’ladi.

Ilovaning “Dashboard” bo’limida esa barcha hisoblarni jamlab qo’yish mumkin. Masalan Kommunal to’lovlar hisobini. Shunda barcha hisoblardagi qoldiqni qidirmasdan, bir yerda ko’rish mumkin bo’ladi.

Ilovadagi Monitoring xizmati (karta orqali amalga oshirilgan to’lovlar tarixi), mutlaqo bepul bo’lib, juda qulay filtrlarga egaligi bilan ajralib turadi. Solishtirish uchun, ko’pgina ilovalarda bu xizmat ilovaga biriktirilgan har bir karta uchun oyiga 1000-2000 so’mni tashkil qiladi.

Ilova taqdim qiladigan xizmatlardan to’liq foydalanish uchun Aloqabank kartasini ilovaga biriktirib “Identifikatsiyadan o’tgan foydalanuvchi” maqomini olish talab qilinadi. Kartani esa ilovani o’zidan buyurtma qilish imkoniyati yaratilgan. Kartani butun O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish xizmati ham mavjud. Aloqabank kartasi bo’lmagan foydalanuvchilar esa, ilovadan to’lovlar uchun foydalanishi mumkin. Bunda bank xizmatlaridan (omonatlar, mikroqarzlar, valyutani ayirboshlash va hokazo) foydalanish imkoniyati bo’lmaydi.

Xulosa qiladigan bo’lsak, Zoomrad - bank ilovalari ichida eng qulay va foydalanuvchi uchun foydali ilovalardan biridir!

Barcha ilovalar komissiyalari bilan Depozit.uz saytining To’lovlar sahifasida tanishishingiz mumkin.

18:53 • 03 August, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish