Top.Mail.Ru

O’zbekiston bozoridagi iste'mol kreditlariga umumiy tavsif

Iste'mol krediti - bu ayrim tovar va xizmatlarni sotib olish maqsadida jismoniy shaxslarga beriladigan kreditdir.

O’zbekiston bozoridagi iste'mol kreditlariga umumiy tavsif

Ma'lumki, iste'mol krediti - bu ayrim tovar va xizmatlarni sotib olish maqsadida jismoniy shaxslarga beriladigan kredit. Bugungi kunda ushbu kredit turi mikrokredit yoki avtokreditga nisbatan juda katta talabga emas, ammo bu kredit turi ham o'z mijozlariga ega. Va buning sababi shundaki, boshqa turdagi kreditlardan (mikrokreditlar, overdraftlar) farqli o'laroq, iste'mol krediti ma'lum maqsadlar uchun – maishiy texnika, aviachiptalar, sayohat paketlarini sotib olish, tibbiy xizmat uchun to'lov, tantanali tadbir va marosimlarni (to'y yoki yubiley) o'tkazish, uyni ta'mirlash kabi maqsadlar uchun beriladi,. Shu bilan birga, bunday kreditning muhim sharti – sotib olinadigan tovar va xizmatlar O'zbekistonda ishlab chiqarilgan bo’lishi shart.

Bunda bank mijoz uchun tovarlar yoki xizmatlar uchun haq to'laydi, shuning uchun qarz oluvchi pulni naqd pulda olmaydi. Kredit olish uchun boshqa hujjatlar bilan birgalikda mijoz bankka tovar oldi-sotdi shartnomasini taqdim etadi. Agar bank tomonidan ijobiy qaror qabul qilinsa, bank zarur bo’lgan pul miqdorini tovar sotayotgan yoki xizmat ko'rsatayotgan tashkilotga o'tkazib beradi.

Banklar tomonidan taqdim etilayotgan iste'mol krediti mijozlar uchun qulay, chunki uning foiz stavkasi mikroqarzlarga qaraganda biroz pastroq. Shuning uchun, agar mijozning maqsadi iste'mol kreditining maqsadiga to'g'ri keladigan bo'lsa, unda albatta shu kredit turidan foydalanish ma’qulroqdir. Depozit.uz esa sizga eng yaxshi iste'mol kreditlarini tanlashda yordam beradi.

Bugungi kunda banklarning iste'mol kreditlari bo’yicha shartlar bir-biridan unchalik farq qilmaydi. Keling, maksimal foyda bilan iste'mol kreditini qaysi bankdan olish mumkinligini ko'rib chiqaylik. Eng foydali iste'mol kreditini Milliy bankdan yillik 21% bilan, bir yilgacha bo'lgan muddatga olish mumkin (ikki yilga – yillik 23%, uch yilga – yillik 25%). Kreditning maksimal miqdori 49 million so'mni tashkil etadi va likvidli mol-mulk garoviga asosida beriladi, agar qarz miqdori 24,5 million so'mgacha bo'lsa, ta’minot sifatida uchinchi shaxs kafilligi yoki sug'urta polisini taqdim etish mumkin.

Shuni ta'kidlash kerakki, ko'plab banklarda foiz stavkasi aynan kredit muddatiga bog'liqdir. Bugungi kunda iste'mol kreditlarining maksimal muddati 3 yilni tashkil etadi.

Iste'mol krediti uchun eng yuqori summani Asia Alliance Bank taklif qiladi - 122,5 million so'mgacha, ammo bunday miqdor uchun siz bank talablariga javob beradigan likvid mulk garovini garov sifatida taqdim etishingiz kerak bo'ladi. Kredit bir, ikki yoki uch yilga berilishi mumkin va shunga qarab foiz stavkasi belgilanadi – mos ravishda yiliga 23%, 25,99% yoki 26,99%.

Shuningdek, kreditlashning o'xshash shartlari bilan siz Infin Bank, Ziraat Bank, Trast Bank, Aloqa Bank va boshqa bir qator banklarda iste'mol kreditini olish uchun murojaat qilishingiz mumkin. Barcha banklarda iste'mol kreditining maqsadi biroz farq qilishi mumkin, shuning uchun u yoki bankni tanlashdan oldin, iste'mol kreditining shartlari bilan batafsil tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

Iste'mol krediti bilan bog'liq yana bir muhim jihat shuki, ayrim banklar mijozlarga iste'mol kreditini taqdim etishda ushbu bankning hamkor-kompaniyalaridan tovar yoki xizmatlarni sotib olish bo'yicha takliflar berishadi va agar ushbu taklif sizga mos kelsa, kredit bo'yicha foizlar pastroq bo'ladi. O’ylaymizki, bunday holat mijozlar uchun iste’mol krediti olishda yana bir qo’shimcha qulaylikdir.

Barcha iste'mol kreditlari bilan Depozit.uz saytida batafsil tanishing!

15:30 • 20 May, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish