Top.Mail.Ru

Ipoteka krediti miqdori va uy-joy narxini to’g’ri hisoblash

Depozit.uz ipoteka kreditini to'g'ri hisoblash bo'yicha qisqa ko'rsatma beradi.

Ipoteka krediti miqdori va uy-joy narxini to’g’ri hisoblash

Ma'lumki, ipoteka krediti miqdori, boshqa kreditlar singari, cheklangan bo’ladi. Bu borada ko'pchilikda bir savol tu’g’iladi – taklif etilayotgan ipoteka miqdori uyning maksimal qiymatimi yoki kredit miqdorimi? Va qanday qilib kredit miqdorini to'g'ri hisoblash mumkin?

Depozit.uz ipoteka kreditini to'g'ri hisoblash bo'yicha qisqa ko'rsatma beradi. Masalan, quyidagi ma'lumotlar mavjud:

Kreditning maksimal miqdori – 323 mln. so'm.

Boshlang’ich to'lov – 25%.

Uy-joy narxi – ?

Uy-joy narxini hisoblash uchun mutanosiblik printsipidan foydalanish kifoya:

323 million so'm – 75%

X (uy-joy narxi) – 100%

X = 323 * 100 / 75 = 430,67 mln. so'm

Olingan natijaga asoslanib:

Uy-joyning maksimal qiymati 430,67 mln. so'mni tashkil qilishi mumkin. Bosh to'lov 25%ni tashkil etadi – 107,67 mln. so'm, kredit miqdori – 323 mln. so'm.

Ipoteka kreditida bank tomonidan belgilangan maksimal miqdor har doim dastlabki to'lovsiz kredit miqdorini anglatadi. Uy-joy narxi kredit miqdori va dastlabki to'lovdan iborat bo'ladi. Shuningdek, hech qanday cheklovlarsiz, dastlabki to'lovni belgilangan eng kam miqdordan ortiqcha to'lashga ruxsat beriladi.

10:17 • 24 March, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish