Top.Mail.Ru

Apelsin – bank ilovalari ichida eng zo’ri!

Apelsin – bank ilovalari ichida eng zo’ri!

Apelsin – bank ilovalari ichida eng zo’ri!

Apelsin - bu Kapitalbank bankining mobil ilovasi bo’lib, o’zida to’lov va bank xizmatlarini jamlagan universal ilovadir. Ilova orqali juda ko’plab xizmatlar uchun to’lovni amalga oshirish, shuningdek bank xizmatlaridan foydalanish mumkin. Asosiysi ushbu ilova qulay va tushunarli interfeysga ega. 
Ushbu ilova orqali Uzcard, Humo, Visa, Mastercard kartalari o’rtasida pul o’tkazishingiz va xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Qolaversa, bank hisob raqamini ochishingiz yoki hisob raqamga to’lov o’tkazishingiz mumkin. 

Apelsin ilovasida quyidagi turdagi xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
•    Mobil aloqa;
•    Kommunal xizmatlar;
•    Internet provayderlar;
•    Telefoniya;
•    O’quv markazlari;
•    Sug’urta va tibbiyot;
•    Yuridik xizmatlar;
•    Umumiy ovqatlanish;
•    Brokerlik idoralari xizmatlari;
•    Transport;
•    Kreditni so’ndirish;
•    Onlayn o’yinlar va Elektron hamyonlar hisobini to’ldirish va hokazo.

Bu xizmatlarning ko’pchiligi boshqa shu kabi ilovalarda ham bor. Ammo Apelsinning ustunligi ushbu xizmatlar sonining ko’pligida. Va qulay qidiruv tizimi mavjudligida. Ya’ni, kerakli xizmat uchun to’lamoqchi bo’lganingizda tashkilot nomini qidiruv qatoriga yozish kifoya. 

Yuqorida aytilganidek ilova orqali bank xizmatlaridan ham foydalanish mumkin. Buning uchun bankka pasportingiz bilan kelib “Identifikatsiyadan o’tgan foydalanuvchi” maqomini olishingiz yoki ilovadan kartani yetkazib berish bilan buuyurtma berishingiz kerak bo’ladi. So’ngra, ilovada bankning omonat va kredit xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin bo’ladi. 

Shuningdek ilovada onlayn tarzda valyutalarni ayirboshlashingiz mumkin. Komissiya - 0%.
Ilovada Monitoring (karta orqali amalga oshirilgan to’lovlar tarixi) xizmati bepul. Bunda faqat oxirgi ikki oydagi to’lovlar ko’rsatiladi.
Visa Direct xizmati bilan esa, dunyoning 162 ta davlatiga pul yuborishingiz mumkin!

Hozirda Apelsinda o’tkazmalar uchun komissiya Uzcard- Uzcard, Uzcard-Humo, Humo- Uzcard yo’nalishlari uchun – 0,35% ni, Humo- Humo uchun 0% ni tashkil qiladi. Bu shu kabi ilovalar orasida eng yaxshi takliflardan biri.

Ushbu ilovaning ajoyib imkoniyatlaridan yana biri, bu oflayn rejimda ishlay olishidir. Ya’ni, deylik, telefoningizning hisobida pul tugab, internetdan foydalana olmaydigan holdasiz. Hisobni to’ldirish uchun esa internet kerak. Paynet shoxobchasi esa uzoqda. Boshqa ilova bilan chorasiz holda qolgan bo’lar edingiz. Lekin, Apelsin bilan emas! Apelsin oflayn rejimda USSD-komandalar orqali ishlaydi. Shuning uchun u internetsiz ham ishlay oladi. Oflayn rejimda ilova cheklangan miqdordagi xizmatlarni taqdim qiladi. Ammo asosiysi, mobil aloqa va ba’zi boshqa xizmatlar uchun to’lov qilish hamda o’tkazmalarni amalga oshirish imkoniyati bor.

Apelsin ilovasining asosiy ustunliklaridan biri kunu-tun ishlaydigan qo’llab-quvvatlash xizmati. Ya’ni, biror savol tug’ilganda yoki muammo yuzaga kelganda istalgan vaqt ilova orqali murojaat qilishingiz va savolingizga javob olishingiz mumkin. Ushbu maqola uchun atayin tungi soat uchda savol berib tekshirilganida ham qisqa fursatda operator javob berdi. Ushbu ilova bilan muammo oldida yolg’iz qolib ketmaysiz!

Barcha ilovalar komissiyalari bilan Depozit.uz saytining To’lovlar sahifasida tanishishingiz mumkin.
 

17:49 • 27 July, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish