03 Aug 2021 |  839

Avtokreditning ijobiy va salbiy tomonlari

Avtokreditning ijobiy va salbiy tomonlari

Bugungi kunda aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan turli kredit mahsulotlari taqdim etilmoqda. Doimiy daromadga ega va to‘lov qobiliyatiga ega jismoniy shaxs o‘zi istagan tijorat bankiga murojaat qilib, istalgan turdagi kredit mahsulotini rasmiylashtirishi mumkin. Eng talabgir kredit mahsulotlaridan biri shubhasiz avtokreditdir.

Albatta, avtomobil bu insonning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qiluvchi dastyor hisoblanadi. 

Keling, mana shu dastyorni kredit usulida xarid qilishning afzalliklariga to‘xtalib o‘tsak:

-qisqa vaqtda shaxsiy avtomobil egasiga aylanasiz;
-boshlang‘ich to‘lovni (15-30%) amalga oshirib, 1-5 yil davomida to‘lab borish imkoniyati;
-oylik ish haqingiz kredit to‘lov qobiliyatiga ega deb topilgani;
-siz O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Chevrolet, Kia, Skoda va Volkswagen mashinalariga ega bo‘lish imkoniyatining mavjudligi;
-1-5 yil muddatga rasmiylashtirilgan avtokredit oylik to‘lovi inflyatsiya hisobiga ancha kamayadi.

Avtokreditning salbiy tomonlari esa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

-olinayotgan avtomobil bank mulkiga aylanadi, chunki garov sifatida avtomobil tijorat banki balansiga o‘tadi va qarz to‘lanmagan holatda avtomobilni yo‘qotish xavfi bo‘ladi.
-dastlabki to‘lov qiymati, albatta foiz stavkasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
- talab etilayotgan hujjatlarni yig'ish va tayyorlashda ovoragarchiliklar.

Quyidagilarga avtokredit ajratilmaydi: 

-nafaqaxo‘rlar uchun;
-kredit tarixi salbiy mijozlar uchun;
-maqbul ish haqiga ega bo'lmagan yoki ro'yxatdan o'tmagan tadbirkorlar uchun;
- ish tajribasi 6 oydan kam bo'lgan jismoniy shaxslar uchun.

Biroq xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, avtokredit – bu o‘zingizning shaxsiy avtomobilingizga ega bo‘lishning eng oson usuli. Qisqa vaqt ichida avtomashina xarid qilishni istasangiz va to‘lovga qobiliyatli bo‘lib, daromadingiz ishonchli bo‘lsa, albatta tijorat banklari tomonidan yaratilayotgan qulayliklardan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

 Teglar

Avtokreditlar
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish