Bizning xizmatimiz Sizning kreditga layoqatliligingizni kredit tarixingiz, daromadlaringiz tarixi va boshqa ma'lumotlaringiz tahlili asosida bilishga yordam beradi.
Kreditni banklarda ma’qullanishi ehtimolini bir joyda masofadan tekshirish
Kreditga layoqatlilik va kredit tarixi ko'rsatkichlarini kuzatish imkoniyati
Banklar tomonidan kreditni ma’qullashning rad etilish ehtimoliy sabablarini kuzatish imkoniyati
1. Sizga kerak bo'lgan kredit turi, miqdori va muddati kabi parametrlarni kiriting va identifikatsiyadan o'ting. Identifikatsiyadan o’tish uchun Siz Yagona identifikatsiya tizimi – OneID tizimidan ro'yxatdan o'tishingiz kerak. Agar siz OneID-da ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, o’z ma'lumotlaringizni kiritishingiz kerak. Shaxsiy ma'lumotlaringizning maxfiyligi kafolatlanadi.
2. Identifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng Payme to‘lov tizimi yoki karta ma’lumotlarini kiritish orqali to‘lovni amalga oshirish kerak. Ushbu xizmat turi mijozning kredit tarixini tekshirish, daromadlarini o'rganish, kredit tarixini o'rganish va kreditlarni tanlab berishni o'z ichiga oladi.
3. To'lov amalga oshirilganidan so'ng kredit tarixingiz tekshiriladi. Bu bir necha daqiqa vaqt olishi mumkin. Tekshiruv tugallanganidan so'ng, ekranda sizning natijalaringiz paydo bo'ladi, unda sizning o'rtacha oylik daromadingiz, siz kiritgan kredit parametrlari bo'yicha o'rtacha bir oylik kredit xarajatlari, qarz yuki darajasi va kredit tarixi, yangi so’ralgan kreditni hisobga olgan holda qarz yuki ko’rsatkichi, skoring balli va reytingi hamda olishingiz mumkin bo’lgan kredit miqdori kabi ma’lumotlar aks ettiriladi. Shuningdek, shu sahifada kredit tarixi va daromadlar tarixi hisobotini ham saqlab olishingiz mumkin.
4. Tekshiruv natijasiga ko’ra qaysi banklar sizga kredit berishga tayyorligini bilib olishingiz mumkin. O’z xohishingizga ko’ra Siz tanlagan kreditingiz uchun ariza ham yuborishingiz mumkin.