Top.Mail.Ru
28 Jan 2021 |  7,824

Investor bo’lish uchun nima qilish kerak?

Investor bo’lish uchun asosiy bosqichlarni keltiramiz.

Investor bo’lish uchun nima qilish kerak?

Qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

Birinchi qadam – Depozit.uz sayti “Investitsiyalar” sahifasi orqali o’zingiz istagan aksiyani xarid qilishga buyurtma yuborasiz.

Ikkinchi qadam - shu kunning o’zida siz bilan KapDepo yoki SQB Securities brokkerlik kompaniyalari treyderlari bog’lanishadi va aksiyalar oldi-sotdisi bo’yicha batafsil ma’lumot berishadi. Bunda masofadan brokkerlik hisob raqamini ochish uchun ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etish loizm:

1. Pasport electron nusxasi (ro'yxatdan o'tgan manzili bilan);

2. Pul vositalari va dividentlar yuboriladigan bank rekvizitlari (bu oddiy plastik karta raqami bo'lishi mumkin).

Uchinchi qadam - ushbu hujjatlarni yuborganingizdan so'ng sizga hisob ochish uchun electron pochta yoki telegram orqali shartnoma yuboriladi. Mazkur shartnomani imzolab elektron va asl nusxasini brokkerlik kompaniyasiga yuborish talab etiladi.

To’rtinchi qadam - qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilishni boshlash uchun hisobingizni to'ldirishingiz zarur. Buni Payme yoki Apelsin ilovalari yordamida amalga oshirish mumkin.

Siz sotib olgan va boshqa aksiyalar bahosi qanday o’zgaraytoganini “Investitsiyalar” sahifasida kuzatib borishingiz mumkin.

Muzaffar Roziqov KapDepo investitsion kompaniyasi tahlilchisi, CFI

Muzaffar Roziqov

KapDepo investitsion kompaniyasi tahlilchisi, CFI

Savol berish

O'xshash yangiliklar

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish