Ipak Yo'li Bankdan "Yangi tartibdagi ipoteka" ipoteka krediti

  • Maksimal summa:  352 mln. so'm
  • Muddat:  20 yil
  • Imtiyozli davr:  Mavjud emas
  • Boshqa shartlar:  Boshlangʼich badal toʼlovi: Toshkent shahri va viloyat shaharlari uchun 20 foiz, viloyat qishloq joylari uchun 10 foiz
    Ipoteka kreditining eng koʼp miqdori: Viloyat shahar va qishloq joylarida - 2 xonali kvartiralar uchun 240 mln.soʼmgacha, 3 va undan koʼp xonali kvartiralar uchun 320 mln. soʼmgacha
    Toshkent shahrida - 2 xonali kvartiralar uchun 264 mln.soʼmgacha, 3 va undan koʼp xonali kvartiralar uchun 352 mln.soʼmgacha. Qarz oluvchi kredit olish jarayonida quyidagi xarajatlarni amalga oshiradi: Notarial tartibda oldi-sotdi xarajatlar
    Kvartiraning kadastr hujjatlarini tayyorlash va sug‘urta qilish bo‘yicha xarajatlar. Kam ta'minlangan va uy-joyga muxtoj bo‘lgan fuqarolarga dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘lik xarajatlarni qoplash uchun uy-joy xisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida xamda foiz to‘lovlarini viloyat shaxarlarida 10 foizini, Toshkent shaxrida 12 foizdan ortgan qismi Davlat byudjeti tomonidan qoplab beriladi.
  • Boshlang'ich badal: Qishloq joylarda 10%, Respublika shaharlarida 20%
  • Talab etiladigan ta'minot turi:  Sоtib оlinаyotgаn uy-joy
  • Kredit maqsadi:  Ushbu kredit davlat dasturiga asosan birlamchi uy bozoridan uy-joy sotib olish uchun ajratiladi;
  • Kredit rasmiylashtirish usuli:  Bank bo'linmalari orqali rasmiylashtiriladi

Foiz stavkalari qarz oluvchining ma'lumotlarini baholashga muvofiq har bir qarz oluvchi uchun alohida belgilanadi

Kredit muddati
Foiz stavkasi
Boshlang'ich badal
20 yil
17%
10%
20 yil
18%
20%

- Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) pasporti asl nusxasi (bank tomonidan nusxa olinadi);
- Uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risida xabarnoma (agar xabarnoma mavjud bo‘lsa);
- Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan uy-joy sotib olish bo‘yicha shartnoma;
- Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) tomoni­dan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda-ishlangan davr uchun) olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotnomalari.;

  • Kredit oluvchining yoshi: 18 yoshga toʼlgan va 50 yoshdan oshmagan
  • Kredit oluvchining fuqaroligi: O'zbekiston Respublikasi Fuqarosi
  • Kredit layoqatligiga talablar: Qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari, ya'ni qarz yuki ko‘rsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi kerak.
  • Kredit oluvchiga qo'shimcha talablar: Ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lgan doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega bo‘lishi; Ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olgan kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslar ipoteka krediti olishlari mumkin.
Foiz
18 %
Hisoblangan foizlar
--
Birinchi oy uchun to'lov
--
To'liq summa
--
MB litsenziyasi raqami 10, 21.10.2017
Egalik shakli: Xususiy bank
+99878-140-69-00; +99878-140-78-00
+99878-140-78-33
100017, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uy